Andre Villash-Boash: Uelbek atayin Loris bilan to'qnashdi va penalti ishladi
01 dek 2013 20:31
Yangiliklar

Andre Villash-Boash: Uelbek atayin Loris bilan to'qnashdi va penalti ishladi
Tottenxem bosh murabbiyi Andre Villash-Boash APL 13-turidagi Manchester Yunaytedga qarshi o'yindagi hakamlikni tanqid qildi (2:2).
Hakam penalti belgilangan vaziyatda Uelbek atayin darvozabon bilan to'qnashganini ko'rmadi. Loris MYU hujumchisini yiqitish haqida o'ylamagandi, uning qo'li maydonda edi.
Manchester Yunayted futbolchilari Tottenxemga qarshi o'yinlarda birinchi marta bunday tarzda penalti ishlayotganlari yo'q. Ular jarima maydonimiz ichida shunchaki to'qnashib ketishadi va yiqilishadi.
Din ushbu vaziyatni ko'rishi qiyin ekanligini tushunaman, u noto'g'ri joy tanlagandi. Bu hakamlarning xatosi, – deydi Villash-Boash.

Fikrlar