Andre Villash-Boash: "MYU" hali chempionlik uchun kurashadi"
02 noy 2013 15:42
Yangiliklar


Andre Villash-Boash: "MYU" hali chempionlik uchun kurashadi"
"Tottenxem" ustozi Andre Villash-Boash "Manchester Yunayted" yana peshqadamlar orasiga qaytishiga ishonadi.
- Aytishim mumkinki ular qiyin ahvolda emaslar, jamoa qiyin taqvim tufayli o'yinlarda ochkolarni boy berdi. Endi kurashga qaytish uchun bor kuchi bilan o'ynaydi. "MYU" mavsum oxiriga qadar yana peshqadamlar orasiga qaytadi. Premer-Liga uchun juda kichik muddat o'tdi xolos, ular hatto birinchi o'rin uchun kurashishadi deb o'ylayman, - deydi Villash-Boash ESPN ga.

Fikrlar