So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  26 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Andranik Teymuryan: “Keyrush Eron taomlarini juda yoqtiradi” Yangiliklar

Andranik Teymuryan: “Keyrush Eron taomlarini juda yoqtiradi”

Qatarning “Umm Salal” klubi yarim himoyachisi Andranik Teymuriyan Eron terma jamoasi sardori sifatida o'ynab kelmoqda.


32 yoshli futbolchi yoshartirilgan Eron termasi tarkibida harakat qilishda davom etyapti. Kelib chiqishi arman bo'lgan va xristian diniga etiqod qiluvchi Andranik faoliyati mobaynida “Bolton” va “Fulxem” safida premer-ligada o'ynagan. “SoFoot” saytiga bergan intervyusida Teymuriyan Eron futboli yuzasidan turli savollarga javob qaytardi.


Futbol bilan Tehronning arman klubi safida shug'ullangansiz. Eronda shunday arman jamoalari ko'p uchraydimi?

– Ha, Eronda bir necha arman klublari mavjud. Ular orasida Tehronning “Ararat” jamoasi mashhur. U bunday jamoalar ichida mamlakatdagi eng taniqlisi hisoblanadi. Yana arman klublari boshqalar bilan bir qatorda mamlakat chempionatida ishtirok etishlari mumkin. Masalan, 10 yil avval “Ararat” yuqori ligada o'ynagan.

– Yaqinlaringiz uchun terma jamoada vakilga ega bo'lish muhim sanaladimi?

– Buni muhim deb aytgan bo'lardim. Eronlik armanlar hamisha meni Eron terma jamoasi libosida ko'rishdan xursand bo'lishadi. CHunki men uning tarkibida 10 yildan beri o'ynab kelayotgan yagona futbolchiman. O'zimni arman deb his qilaman, biroq men uchun arman va eronlik o'rtasida katta farq yo'q. Menga mamlakat jamoasi safida o'ynash va maydonda bor kuchimni berish muhimroq. Biz kabilar oxirgi yillarda kamayib bormoqda, lekin umumiy son jihatidan baribir anchaginamiz va Eronda obro'ga egamiz. Biz tinch yashaymiz va hech kimga yoqimsizlik tuhfa etmaymiz. Hatto futbolchi sifatida men biror marta bu tufayli noqulaylik his qilmaganman. Barcha narsa yaxshi yashashimizga qaratilgan. Men arman jamoasi safida o'ynashdan baxtiyor bo'lardim, biroq bu menga Eronning boshqa klubi tarkibida o'ynashga xalal bermaydi.

– Diningiz tufayli jamiyatda o'zingizni yaxshi his qilasizmi?

– Albatta, bu ham muhim. Men va oilam bemalol ibodat qilamiz, bu borada muammo yo'q. Gol urganimda ham buni uddalashim mumkin.

Karlush Keyrush sizni jahon chempionatidan keyin sardor sifatida tanlaganda nimani his etdingiz?

– Faxr tuyg'usini. Men va atrofimdagilar uchun bu katta syurpriz bo'ldi. Boshqa tomondan terma jamoada 2005 yildan beri o'ynayapman. Jahon chempionatida birinchi marta 2006 yil Germaniyada maydonga tushganman. Keyin 2007 yil Osiyo Kubogida qatnashdim. O'shandan beri ko'p vaqt o'tdi, lekin 2014 yil Braziliyadagi mundialda ishtirok etdim. Aytish mumkinki, men tajribali futbolchiman. SHunday ekan, sardorlik bog'ichini olganim juda kutilmagan holat bo'ldi deb aytish mushkul.

Eronlik murabbiy shunday qarorga kela olarmidi? CHunki siz Eron terma jamoasida birinchi xristian sardor bo'ldingiz. Bu oddiy holat emas.

– SHunday, biroq bu erda gap dinda emas. Javad Nekunam faoliyatini yakunlaganda men sardorga aylandim. Men uchun syurpriz bo'lsa-da, Javadning ketishidan so'ng men eng faxriy futbolchilardan biri edim. Bu erda biror narsa siyosat yoki din bilan bog'lanmagan. Bilasizmi, ko'pchilik Eron haqida noto'g'ri malumotga ega. Mamlakatimizda dinga qarab xulosa chiqarilmaydi.

– Karlush Keyrush bilan munosabatingiz qanday?

– Uni juda hurmat qilaman. U juda aqlli, kuchli xarakterga ega. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarida biz bilan birga ishtirok etadi. Keyrush trenajyorda ko'p shug'ullanadi. U har erda o'yinchilar bilan birga. Menimcha, unda g'oliblik ruhi bor. Bu Keyrushga “Manchester Yunayted”da ishlaganda Aleks Fergyusondan o'tgan bo'lsa kerak. Hozir bizda yosh jamoa bor va u bizga tajribasini etkazishni xohlaydi. Keyrush o'zining Manchesterdagi faoliyati haqida deyarli har bir mashg'ulotda aytib beradi. U bizga juda yaqin. Meni hayratlantirgan narsa shuki, u barchaga bir xil muomala qiladi – menga ham, birinchi marta chaqirilgan yosh futbolchiga ham. Ehtimol, u faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy. Uni bungacha yaxshi bilardim. Oldin ko'rishganmiz. O'shanda men “Bolton” va “Fulxem” uchun o'ynaganman, u esa “Manchester Yunayted” o'rindig'ida bo'lardi.

Unga mamlakat va madaniyat to'g'risida aytib berasizmi?

– Ha, biz tez-tez birgalikda milliy taomlardan tanovul qilgani borib turamiz. Karlushga Eron taomlari juda yoqadi. U haq, chunki bu jahondagi eng yaxshi taomlar Eron oshxonasiga mansub. Aytaylik, siz Tax-chinni tatib ko'rganmisiz?

– Tovuq go'shti, sarimsoq va tuxumlar bilan guruchmi?

– O, siz bilasiz! Har bir taomimiz bir umrga mazasi bilan yodda qoladi. Menimcha, Keyrush bilan ham shu sodir bo'lgan.

Jahon chempionati jamoangiz uchun qanday kechgandi?

– To'g'risini aytsam, biz har bir raqibga kutilmagan sovg'a taqdim etishimiz mumkin edi. Ayniqsa, Nigeriya va Argentinaga qarshi. Odamlar bizning dahshatli ko'rinishimiz haqida aytishgandi, lekin unday bo'lmadi. Qiyinchilikka kelsak, biz uchun saviyani uch uchrashuv davomida saqlab turish og'ir kechdi. 4 jamoadan iborat bunday tizimga ko'nikmaganmiz. Bu bizga qimmatga tushdi. SHunday o'ylayman.

– Uzoq mamlakatda faoliyat olib borayotgan holda Messi, Aguero va Jekoga qarshi o'ynash qanday bo'lgan?

– Bunday futbolchilarga qarshi o'ynashning o'zi qandaydir xayolotdek tuyuladi. Lekin men Angliya premer-ligasida to'p tepganman va bu jihatdan menda tajriba bor edi. Lekin jamoadagi yosh yigitlar ularni faqat televizorda ko'rishgandi. SHuning uchun hech kimdan libos almashtirishni so'ramadim va buni yosh futbolchilarga qoldirdim.

Terma jamoa kelajagiga umid bilan qaraysizmi?

– Hozir bizda yaxshi futbolchilar mavjud. Hatto juda yaxshi saviyadagi o'yinchilar deb aytgan bo'lardim. Umid qilamanki, ular to'g'ri o'sib boradi va xorijdagi kuchli klublar safiga yo'l olishadi. Misol uchun, “Frankfurt” yarim himoyachisi Ehson Hojsafi francuz klublaridan birida qiziqish uyg'otmoqda.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика