So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

"Andijon"ning 50 yoshiga sovg'a yoxud O'FF rahbarlari Andijonda bo'ldilar! Yangiliklar

"Andijon"ning 50 yoshiga sovg'a yoxud O'FF rahbarlari Andijonda bo'ldilar!

Hozirgina Andijon viloyatida katta majlis o'z yakuniga etdi.
Mirabror Usmonov boshchiligidagi katta delegaciyadan Narimon Jalolov, Sardor Rahmatullaev, Farhod Magometov, Muxtor Hoshimov, Oybek Kasimov, Murod Aliev, SHavkat Jalilov va SHavkat Imomov o'rin olishdi.

Andijonga borishdan asosiy maqsad, viloyatda sport turlariga jiddiy etibor qaratish, viloyat futbol jamoasining infrastrukturasini kuchaytirish, MOQ tomonidan belgilab olingan istiqbolli sport turlariga bo'lgan etiborni oshirish bo'ldi.

Viloyat hokimiyatining majlislar zalida bo'lib o'tgan katta yig'ilishda, viloyat hokimi SHuhratbek Qo'shoqboevich Abdurahmonov ham ishtirok etdi. 

Mirabror Usmonov viloyatda boks, kurash, dzyudo, o'q otish, qilichbozlik, engil va og'ir atletikani rivojlantirish lozimligini takidlab o'tdi.

Majlisda Andijon sportiga o'zining munosib ulushini qo'shgan murabbiy va sportchilar ham ishtirok etdilar. 

Xabaringiz bor, joriy yil klub faoliyatini boshlaganiga roppa-rosa 50 yil to'ldi. Garchand, jamoa oliy ligadan tushib ketgan bo'lsa-da, to'yga to'yona deganlaridek, Mirabror Zufarovich andijonliklarga 2015 yilgi mavsumda ham oliy ligada ishtirok etishlarini aytib o'tdi. SHu bilan birga Mirabror Zufarovich, endi Olimpiada o'yinlariga licenziyani qo'lga kiritgan har bir sportchi alohida rag'batlantirilishi, Olimpiada o'yinlarining sovrindorlari esa London olimpiadasiga solishtirganda ikki barobar ko'p miqdorda mukofot olishlarini aytib o'tdi. 

O'z navbatida viloyat hokimi so'nggi ikki yilda klubga tushirilgan pullar to'g'ri yo'lda foydalanilmagani, bundan keyin etiborliroq bo'lish lozimligini takidlab, endi katta maoshlar belgilanmasligi, aksincha, zabt etilgan o'ringa qarab qo'shimcha bonuslar berilishini aytib o'tdi. 

Eslatib o'tamiz, bundan bir necha hafta muqaddam klubga SHuhrat O'rinboev vice-prezident etib tayinlangan edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика