"Andijon"ni vaqtincha Mamatkazin boshqaradi
20 iyu 2014 12:48
Yangiliklar
"Andijon"ni vaqtincha Mamatkazin boshqaradi
"Andijon" uchun joriy mavsum omadsiz o'tmoqda. Ketma-ket mag'lubiyatlar jamoani turnir jadvalida so'nggi pog'onaga tushirib yubordi.
Vaholanki bu yil jamoa mutasaddilari 50 yillik yubiley uchun munosib o'rinlardan birini egallashni maqsad qilayotganini mavsum avvalida aytib o'tgandi. Lekin o'zingizga yaxshi malumki, burgutlarning bugungi xolatiga xavas qilib bo'lmaydi.
Oliy liganing 12-turida safarda "Bunyodkor" mehmoni bo'lgan andijonliklar yana ochko yo'qotdi. SHundan so'ng bosh murabbiy Azamat Abduraimov istefoga chiqarildi. Endilikda uning o'rniga qaysi murabbiy kelishi bugungi kunda muxlislarni qiziqtirish tabiiy. Hozir shunisi aniqki, yakshanba kuni "Neftchi" bilan o'yinga futbolchilarni yordamchi murabbiy Orif Mamatkazin shug'ullantirmoqda.
Kecha jamoaning mashg'ulotini kuzatish maqsadida kechki soat 18:00da "Sog'lom avlod" stadioniga bordik. Murabbiylar vodiy derbisi oldidan futbolchilarni ikki tarkibga ajratgan xolda o'zaro o'yin tashkil etishdi. "Sariqlar" va "ko'klar" ishtirokida kechgan baxsda, sariqlar tarkibida asosiy tarkibga nomzodlar o'ynadi. Tarkib quyidagicha bo'ldi: Temur G'aniev, Sergey Docenko, Temur Sultonov, Davron Tursunov, Aleksey Kasyan, Mirzakamol Kamolov, Bahrom Abdurahimov, Rasul Rahmonov, Ibrohim Otaxonov, Anvar Rajabov, Lochin Soliev.
"Ko'klar": Muhiddin Xudoyorov, Dilmurod Mahmudov, Artur Mamatkazin, SHahzod SHaymanov, Bekzod G'oziev, Alisher To'xtasinov, Alisher Azizov, Akmal Jo'raboev, Tohir Usmonov, Farrux Mirzaev va bir qator yoshlar.
Uchrashuvda Ko'klar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Alisher To'xtasinov (2ta) va Anvar Rajabov mualliflik qildi.
Birinchi bo'limda Akmal Jo'raboev bilan Sergey Docenko o'zaro tortishib qolgani tufayli bosh hakam Temur To'xtasinov tomonidan qizil kartochkaga munosib ko'rilib maydonni tark etdi. Jo'raboev ikkinchi bo'limda Sariqlar tarkibida yana o'ynagan bo'lsa, ukrainalik himoyachi Docenko boshqa maydonga tushmadi. Aftidan Sergeyga avvalgi bosh murabbiyning ishdan ketgani tasir o'tkazgan ko'rinadi. Har xolda bizga shunday tuyuldi. CHunki legioner futbolchi aynan Abduraimovning taklifiga binoan kelgandi.
Aytishlaricha "Neftchi" bilan o'yinga jamoani Orif Mamatkazin olib tushadi. Unga hozirda murabbiylar shtabida Qahramon Abduqodirov bilan Qobiljon Olimjonov yordam berayotganini qo'shimcha qilish lozim.
Davralar oralig'ida katta extimol bilan boshqaruv postida taniqli murabbiy ish boshlashi kutilmoqda. Bu borada bir qator nomzodlar tilga olinayotgani sir emas. Eng yaqin manbaalarga ko'ra, yangi haftada Andijonga Ukrainadan Sergey SHevchenko kelishi kutilmoqda. Mamlakatimiz futboli uchun begona bo'lmagan ushbu mutaxassis ilgari "Andijon" va "Qizilqum"dagi faoliyati orqali ishqibozlarni mehrini qozongan. SHu bois Sergey Yakovlevich yana o'zi uchun qadrdon bo'lgan Andijonga kelishi kutilmoqda.
SHunisi aniqki, bosh murabbiy masalasi 22 iyun kuni, "Neftchi" bilan o'yindan so'ng aniq bo'ladi.

Fikrlar