So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  0 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  3 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  1 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  7 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  3 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0

"Andijon"da tayyorgarlik boshlandi va tarkibga Abdulloh Olimov qo'shildi Yangiliklar

"Andijon"da tayyorgarlik boshlandi va tarkibga Abdulloh Olimov qo'shildi

Bugun kunning ikkinchi yarmida jamoamiz yana Andijonga yig'ilib tayyorgarlikni boshladi.

Toshkentda olib borgan yig'indan keyin Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam bergandi.

Kechki mashg'ulot odatdagidek “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tdi. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar, shuningdek, yangilardan Iqbol Boboxonov va Anvar Berdiev ham astoydil shug'ullanishmoqda. Bugun tarkibga iqtidorli futbolchi Abdulloh Olimov qo'shilganini aytib o'tish kerak. Huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan Olimov o'tgan mavsumdan beri “Neftchi”da o'ynab kelayotgandi. Ammo birinchi davrada Olimov chempionatda faqat bitta o'yinda maydonga tushdi. Endi u ikkinchi davrani “Andijon” safida o'tkazishi mumkin. SHuningdek, bugungi mashg'ulotda yangi o'yinchilardan Hayal Ismoilov ham ishtirok etdi. Tarkibdagi o'zgarishlar ikkinchi davra boshlanguniga qadar davom etadi.

Ayni paytda jamoamizning tayyorgarligi 2 avgust kuni “Nasaf” bilan o'yinga qaratilgan. Uchrashuv “Sog'lom avlod” stadionida soat 18:30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика