So’nggi yangiliklar

13:37Эрон Суперкубоги учун баҳсда Ўрунов жамоаси мағлуб бўлди  0 12:54"Барселона" футболчиси 5 ойдан сўнг сафга қайтди  1 12:34Абдуқодир Ҳусановнинг "Энергетик БГУ"даги устози: "Унинг "Сити"даги рақобатчиларига ҳавас қилмайман"  16 11:50"Насаф"га ўтаётган Черан ва Хебай учрашишди  9 11:22"Бавария" ва Дэвис 4 йиллик янги шартнома бўйича келишувга эришишга яқин  2 11:00Бугун Пеп Гвардиола таваллуд топган кун. Мураббийнинг ҳаётий сабоқларини ўқинг  6 10:43Холанднинг янги шартномасида иккита клубга кетиши мумкинлиги ҳақидаги банд бор  8 10:07«Барселона» «Ливерпуль» футболчисига 70 миллион евро тўламоқчи  1 09:30Абдулвоҳид Ғуломов: «2025 йилги мавсумда муносиб иштирок этишга ҳар томонлама пухта тайёрланяпмиз»  4 08:48Мармушниннг «Манчестер Сити»даги ойлиги маълум  6 08:14Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Женоа»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:43Фарруҳ Зокиров: «Яратган вазиятларимизни голга айлантира олмадик»  1 02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  12 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  6

“Andijon” - “So'g'diyona”: Autsayder va ochkosi teng jamoalar bahsi Yangiliklar

“Andijon” - “So'g'diyona”: Autsayder va ochkosi teng jamoalar bahsi

Kecha bo'lib o'tgan “Bunyodkor” - “Neftchi” uchrashuvi bilan oliy liganing 11-turiga start berildi.
Bugun esa turdan o'rin olgan qolgan bellashuvlar o'tkaziladi. Andijonda bo'ladigan “Andijon” va “So'g'diyona” o'rtasidagi to'qnashuvni hech ikkilanmay atusayderlar jangi desak bo'ladi. CHunki har ikki jamoa ham turnir jadvalida pastki o'rinlarda boryapti.

“Andijon” 13, “So'g'diyona” 14-o'rinni egallab turibdi. Ikkala klub hisobida ham bir xil - to'rttadan ochko mavjud. “Andijon” o'z maydonida “Buxoro”ni mag'lub etib, safarda “Olmaliq” bilan durang o'ynagan bo'lsa, “So'g'diyona” o'z maydonida “Neftchi”ni engdi va “Mashal” bilan durang qayd etdi.

“Andijon” “Buxoro”ni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng ketma-ket uch uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. “So'g'diyona” esa chempionatning 1-turidagi durangni hisobga olmaganda ketma-ket ettita o'yinda mag'lub bo'ldi va “Neftchi” ustidan g'alaba qozonganidan so'ng yana yutqazib qyo'di.

Ayni paytda “Andijon” oliy ligada eng kam gol urgan jamoa bo'lib turibdi - 6ta. “So'g'diyona” esa eng ko'p gol o'tkazgan jamoa - 24ta. “Andijon” shu paytgacha o'z uyida beshta o'yin o'tkazib, bir g'alaba va to'rt mag'lubiyat qayd etdi. “So'g'diyona” esa hozirgacha safarda to'rt marta o'ynab hammasida mag'lub bo'ldi. Lekin qizig'i shundaki, “So'g'diyona” safardagi to'rtta bellashuvda “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Dinamo” kabi 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика