“Andijon” qachon yutadi?
13 apr 2014 18:43
Yangiliklar

“Andijon” qachon yutadi?
Kecha oliy liganing 5-turi ham ortda qoldi. Andijonda kechgan “Andijon” – “Dinamo” bahsi mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Aslida shu kuni andijonlik ashaddiy ishqibozlar sevimli jamoasidan faqat va faqat g'alaba kutgandi.
Aslida ushbu maqolani “burgutlar”ning 3-turda o'z maydonida “Mashal”ga yutqazganidan keyin yozmoqchi edim. Lekin shoshilnch xulosa chiqarmasdan kamida 5-tur o'yinlarini o'tkazib olish kerak degan qarorga kelgandim. SHu bois keling dastlab “Andijon” – “Mashal” qarama-qarshiligiga to'xtalib o'tamiz. Bu o'yin ko'pchilikda o'ziga yarasha katta qiziqish uyg'otgandi. CHunki ushbu jamoalar o'tgan yili birinchi ligadan kuchlilar safiga yo'l olgandi. “Andijon” – “Mashal” bahsi o'tgan mavsumda ham keskin kurashlar ostida o'tgani tufayli bu yil muxlislar yana tomoshabop o'yin ko'rishni maqsad qilgandi.
CHempionatning ilk turini “Paxtakor”ga qarshi o'tkazib kichik hisobda mag'lub bo'lgan “Andijon” shu kuni raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsatib mag'lub bo'lgandi. O'shanda muxlislar bundan ortiqcha fojea yasamagandi. Keyingi turda esa safarda “Qizilqum” bilan kuch sinashgan “burgutlar” yana bitta to'p evaziga mag'lub bo'ldi. Bo'lib o'tgan dastlabki ikki o'yinda raqib darvozasi tomon yo'l topa bilmagan “Andijon” futbolchilaridan jonkuyar ishqibozlar aynan “Mashal”ga qarshi uchrashuvda faqat g'alaba kutishgandi. Hatto durang ham ularni qoniqtirmasdi. Yuqorida aytib o'tdim, o'tgan yili bu ikki jamoa birinchi ligadan oliy ligaga chiqqan. Har bir klub qishki transfer jarayonida o'z imkoniyatidan kelib chiqib jamoa shakllantirdi. Tan olish kerak, “Andijon”ning ham, “Mashal”ning ham moliyaviy imkoniyati deryali bir-biridan katta farq qilmaydi.
Yaxshi bilamizki, Muborak jamoasida ilgari moddiy jihat yuqori bo'lgan. Bugunga kelib esa o'rtacha deyish mumkin. SHaxsan o'zim bu ikki jamoaning “Sog'lom Avlod” stadionida bo'lib o'tgan o'yinini diqqat bilan kuzatdim. Jamoalar tarkibiga etibor qaratib shunga amin bo'ldimki, “Mashal” transfer oynasida hammasini etti o'lchab bir kesgan va yoshlardan iborat kurashchan jamoa tuzgan. Taqqoslash uchun o'tgan yili ushbu jamoalar safida birinchi ligada o'ynagan va bugungi kunda ham o'sha futbolchilarning sonini aytish mumkin. “Andijon”dan : Rahim Qodirov, Asror Rahmonov, Rasul Rahmonov, Bahrom Abdurahimov. Qolgan 7 nafar o'yinchi bu yil jamoa tarkibiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilardir. Endi “Mashal” tarkibiga etibor qaratamiz: Sanjar Quvvatov, SHerzod Fayziev, Mirzohid G'ofurov, Ixtiyor Toshpo'latov, Jahongir Abdumo'minov, Zohir Qo'ziboev, Jamshid Hasanov. Bu futbolchilar o'tgan yili “Mashal”ni oliy ligaga olib chiqqan yigitlar sanaladi. Qolgan 4tasi ularga qo'shimcha sifatida olingan yangi o'yinchilardir: Andrey Derkach, Zafar To'raev, Siroj Hamroev hamda G'iyosjon Komilov harid qilindi. Xulosa shuki muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakov o'tgan yilgi tarkib o'zagini saqlab qolgan xolda, oliy ligada ham kurasha oladigan jamoa tuzgan. Bu borada murabbiyga qoyil qolmasdan iloj yo'q. “Mashal” klubining chempionat so'nggidan nechanchi o'rinni egallashidan qatiy nazar shuni aytib o'tishni istardimki, bu jamoa o'z yo'nalishiga ega bo'lgan va shu bilan birga to'g'ri siyosat yuritayogan kam sonli klublarimizdan biridir.
“Andijon” esa bu yil qishda odatdagidek yana tarkibini deryali yangitdan tuzdi. Anvar Rajabov, Alisher Azizov (“Paxtakor”) va Jamshid Mirabdullaev (“Bunyodkor”)ni ijaraga olingani aytilmoqda. Etibor qaratadigan bo'lsak, jamoa har yili etakchi klublarimizning o'yinchilarini bir mavsum mobaynida o'ynatib, pishitib beryapti. Keyin ijaradagilar o'z klublariga qaytib ketishmoqda. Bu yil ham huddi xolatni ko'rish mumkin. Aynan ularning tarkibga kelib qo'shilishi Alisher To'xtasinov, Akmal Jo'raboev, Dilmurod Mahmudov, Davron Tursunov singari o'tgan yili birinchi ligada “Andijon”ning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lganlarni zaxirada qolib ketishini taminlamoqda. Balki ular murabbiy nazarida oliy ligada o'ynab ketishga tayyor emasdir. Agar shunday bo'lsa ularni buning uchun o'tgan yili birinchi ligada tayyorlab borish maqsadga muvofiq bo'lardi. Go'yoki “Mashal” singari. To'g'ri qishda Azamat Abduraimov o'z chiqishlarida moliyaviy sharoitlar yaxshi emasligini takidlagandi. Va o'shanda imkoniyatdan kelib chiqib tarkibni shakllantirayotganini malum qilgandi. Xo'sh, aytingchi shu paytda kimda mablag' bor edi. “Navbahor”da ham chempionat startiga qadar moddiy imkoniyat ko'ngildagidek bo'lmaganligidan xabarimiz bor. Lekin shunga qaramay namanganliklar ustozi mahoratli va shu bilan birga mahalliy o'yinchilar ishtirokida kurashchan jamoa tuza oldi.
Asosiy mavzuga qaytamiz. 4-turni safarda o'tkazgan andijonliklar “Olmaliq” maydonidan nursiz durang qayd etib kelgani muxlislarga yupanch vazifasini o'tab berdi. Lekin kecha “Andijon” o'z maydonida qanday bo'lmasin “Dinamo”ni yutishi shart edi. Muxlislar ham joriy mavsumdagi ilk g'alabani nishonlashni niyat qilgandi. Ammo yakunda hammasi barbod bo'ldi. Tabiiyki bosh murabbiy Azamat Abduraimov ham “Dinamo”ni mag'lub etishni xohlagan bo'lishi aniq. CHunki bu murabbiy ilgari Samarqand jamoasida ham faoliyat yuritgandi. Birinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasidayoq mehmonlar tezkor kombinacia uyushtirib hisobni ochishga erishdi. Maydonning ko'p joylariga suv to'planib qolgani ham futbolchilarga yanada qiyinlashtirdi. CHunki bunday maydonlarda kombinacion o'yindan ko'ra ko'proq jismoniy jihatdan ishlash talab etiladi. Har ikki jamoa ham bitta maydonda o'ynadi. Lekin tan olish kerak, samarqandliklar nisbatan mazmunli o'yin ko'rsatdi. “Dinamo” tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsak, 4ta mahalliy futbolchi boshlang'ich tarkibda o'ynaganini ko'ramiz: Sirojiddin Sayfiev, Akmal Bozorov, Abdulla Nabiev hamda Komil SHarofetdinov. Qolgan 7 nafari boshqa viloyatdan kelgan o'yinchilardir.
Munosabatlarimizni “Andijon” bilan davom ettiradigan bo'lsak, boshlang'ich tarkibdan Rahim Qodirov, Asror Rahmonov, Bahrom Abdurahimov va Bekzod G'oziev joy oldi. “Andijon”da ham qolgan 7 nafari boshqa viloyatlik va uzoq xorijdan kelgan o'yinchilardir. Lekin etibor bering “Dinamo” safida bitta Andrey Melnichukdan tashqari boshqa legioner yo'q. “Burgutlar” safida Viktor Raskov, Sergey Docenko va Aleksey Kasyan o'ynadi. Mahalliy futbolchilarni zaxirada o'tirib qolishiga sabab bo'layotgan ushbu trio mana 5-turki qandaydir jihati bilan mahalliy o'yinchilardan bir bosh ustun ekanligini isbotlay olishmayapti. Ayniqsa hujumchi Raskovni qanday xususiyatlari evaziga jamoaga olingani ko'pchilik qatori shaxsan meni qiziqtirmoqda. Kasyanni o'rnida Ibrohim Otaxonov bemalol o'ynab keta oladi. Docenkodan ko'ra o'tgan yili jamoa safida to'purarlik mahoratini hm namoyish etgan himoyachi Davron Tursunovga imkoniyat berilsa mana shundagina mahalliy o'yinchilarni tarbiyalab ularni kashf etib bergan bo'lardi. Ketma-ket omadsiz uchrashuvlardan so'ng balki kelgusi bahslarda ularning o'rnida boshqa mahalliy futbolchilar sinab ko'rilar. Yana kim biladi deysiz.
Kecha “Dinamo” bilan o'yin yakunlangach stadionga kelgan ishqibozlar Azamat Abduraimovning istefoga chiqishini talab qilgan xolda chiqib ketishdi. Sir emaski, “Andijon”da murabbiylar almashinuvi tez-tez uchrab turadi. Natija ijobiy bo'lmasa, talabchan muxlislar yangi bosh murabbiy olib kelishini talab qilishadi. Ayni paytda ham vaziyat shunday tus olmoqda.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar