So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  1 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"Andijon"dan bayram tilaklari Yangiliklar

"Andijon"dan bayram tilaklari

"Andijon" bosh murabbiyi va etakchi futbolchilari Yangi yil bayrami munosabati bilan barchani tabriklashdi.

Aleksandr Xomyakov: "Yangi yil yangi g'alabalar olib kelsin!"

Avvalo, butun O'zbekiston ahlini, shu jumladan "Andijon" futbol klubining minglab muxlislarini kirib kelayotgan Yangi - 2020 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yangi yil barchamizga omad, g'alaba, zafar va quvonchli kunlar olib kelsin! Yakunlanib borayotgan eski yilda erisha olmagan maqsadlarimizga 2020 yilda erishishni tilab qolaman!

Barchangizga Yangi yilda sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, xonadoningizga qut-baraka tilab qolaman. 2020 yilda barcha o'ylagan maqsadlaringizgi ro'yobga chiqishiga tilakdoshman!



Farhod Bekmuratov: "Yangi yil quvonchli va fayzli kelsin!"


Kirib kelayotgan 2020 yil bilan butun O'zbekiston ahlini, qolaversa, sevimli muxlislarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman!

Yangi yil xonadoningizga qut baraka olib kelsin! Yangi yilda oldimizga qo'yilgan barcha maqsadlar amalga oshsin!

Barchangizgi sog'lik-omonlik, fayz-baraka tilab qolaman!

Yangi yil muborak!



Ildar Mamatkazin: "Yangi yil yangi omad va yangi zafarlar olib kelsin"

Sanoqli soatlardan keyin kirib keladigan Yangi - 2020 yil barchangizni xonadoningizga fayz-baraka va olam-olam quvonch olib kelsin!

2020 yil davomida omad aslo tark etmasin! O'ylagan barcha ezgu-maqsadlarimiz amalga oshsin!

Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика