"Andijon"da yangi murabbiy ish boshladi
17 avg 2021 19:24
Yangiliklar
"Andijon" klubi murabbiylar shtabida yangi murabbiy ish boshladi.
Murabbiylar shtabiga jamoaning sobiq futbolchisi, andijonlik Anvar Abduqodirov kelib qo'shildi. Abduqodirov futbolchilik faoliyatini 1999 yilda "Andijon"da boshlagan va 2003 yilga qadar to'p tepgan. U 2004 yildan 2007 yilgacha Farg'onaning "Neftchi" jamoasi sharafini himoya qilgan. So'ngra 3 yil mobaynida "Mashal", "Qizilqum" va "SHo'rtan" jamoalarida o'ynagan. 2011/2012 yilgi mavsumda "Xorazm"da, 2013 yilda "Guliston"da to'p tepib, futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan.
Fikrlar