So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  4

Andijonda murabbiylarni kasbiy malakasini aniqlash bo'yicha seminar davom etmoqda Yangiliklar

Andijonda murabbiylarni kasbiy malakasini aniqlash bo'yicha seminar davom etmoqda

O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda malakali murabbiylarni tayyorlash, ularning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish yo'nalishida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

SHu maqsadda O'FA mutaxassislari tomonidan yurtimizning turli viloyatlarida OFK va O'FAning murabbiylik licenziyalariga ega mutaxassislarning kasbiy malakasini aniqlash bo'yicha seminarlar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Ana shunday seminarlardan biri 17 may kuni Andijon viloyatida boshlangani haqida avval xabar berib o'tgandik. Tadbirda 200 nafardan ortiq murabbiylar qatnashyapti. Seminarning birinchi kuni barcha murabbiylardan bilim va ko'nikmalari bo'yicha imtihon olindi.

18 maydan esa murabbiylar amaliy imtihon topshirishni boshlashdi. Imtihon davomida murabbiylarning mashg'ulotlar olib borishga qanday tayyorgarlik ko'rganliklari, konspekt yozish, maydonni mashg'ulotga tayyorlash, mashg'ulot davomida bolalarga ko'rsatmalar berib borish usuli, murabbiyning mashg'ulot davomida o'zini tutishi, futbolchilarning mashg'ulotdagi xatolarini ko'rsatib borish va o'sha xatoni to'g'irlash borasida amalga oshiradigan xatti-harakatlari sinovdan o'tkazilmoqda. Amaliy imtihonlar 21 mayga qadar davom etadi.

 Imtihonlar natijalari ko'ra murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanish talabiga javob bermaydigan mutaxassislar tegishli murabbiylik sertifikatlari va licenziyalaridan mahrum qilinadi.  

Bunday seminarlar butun respublikamiz bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика