Andijonda 11-17 yoshli futbolchilar o'rtasida viloyat saralash bosqichi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2018, 08:20
Andijon viloyati futbol federatsiyasining 2018 yil taqvim rejasiga asosan 9-13 fevral kunlari futbol bo'yicha 11-17 yoshlilar o'rtasida viloyat saralash birinchiligi o'tkazildi.

Ushbu musobaqa viloyatning 4 ta hududida o'tkazildi va xududlarda birinchi o'rinni olgan jamoalar viloyat final bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdilar.

Musobaqaning viloyat final bosqichi joriy yilning 13 fevral kuni 11-13 yoshlilar o'rtasida o'tkazildi xamda viloyat g'oliblari aniqlab olindi. 11 yoshli bolalar o'rtasida 1-o'rinni viloyat BO'FM  jamoasi qo'lga kiritdi. 13 yoshli o'smirlar o'rtasida Andijon viloyat FILI jamoasi egalladi va ushbu jamoalar O'FA ning 2018 yil taqvim rejasiga asosan o'tkazilishi rejalashtirilgan Respublika bosqichlarida ishtirok etish huquqinini qo'lga kiritdilar. Musobaqa g'oliblari Andijon viloyat futbol federatsiyasi va Bolalar sportini rivojlantirish Jamg'armasi esdalik sovg'alari xamda diplomlari bilan taqdirlandilar.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Андижон футбол федерацияси матбуот хизмати