So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

Andijon viloyati futbol federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Andijon viloyati futbol federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi

Avvala xabar berganimizdek, yaqinda Andijon viloyati futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti o'zgardi.

Yangi rahbar Karimov Bekzod Hamidullaevich bugun viloyat futbol federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishini o'tkazdi. Unda viloyat bolalar va o'smirlar futbolida ishlab kelayotgan murabbiylar hamda mahalliy hakamlar va nazoratchilar ishtirok etdi.

Mazkur yig'ilish Bo'ston dahasida joylashgan "Bolalar va o'smirlar futbol maktabi"ning majlislar zalida o'tkazildi. Bundan ko'zlangan maqsad shuki, rasmiy ravishda yaqindan tanishuv, dolzarb muammolar va kelgusida qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan taklif va mulohazalarni eshitish edi. Viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti unda viloyatdagi bolalar murabbiylarining taklif va mulohazalari bilan qiziqdi va bolalar futbolini yanada rivojlantirish maqsadida yangi g'oyalar berilishi hamda buning ustida hamjihatlikda bir yoqadan bosh chiqarib, faoliyat yuritish kerakligini alohida takidladi.

- Viloyat futbol federaciyasining eng birinchi raqamli qiladigan ishi bu - bolalar futbolini rivojlantirish. Ishonamanki viloyatimizda iqtidorli yoshlar juda ko'p. Faqat bizdan ularni izlab topib, to'g'ri yo'nalishda tarbiyalab borish talab etiladi. Tushunaman bugungi kunda ko'plab sport va futbol maktablarida kerakli jihozlar etishmovchiligi uchrab turadi. Yoxud maydon masalasi bo'yicha muammolar talaygina. Futbolni rivojlantirish uchun avvalo ushbu kamchiliklarga barham berishimiz joiz. Biz ushbu muammolarni O'zbekiston futbol federaciyasi, Viloyat hokimligi hamda sport qo'mitasining amaliy yordami orqali bartaraf etishga xarakat qilamiz. O'ylab qarasangiz hammada kamchilik bor. Ish bor joyda, kamchilik ham bo'ladi albatta. Lekin ularni o'zimiz bartaraf etib borishimiz kerak - deydi Bekzod Karimov.


Yig'ilish chog'ida Ilhom Ustaxonov, Fozil Boborahimov, SHakir Galimov hamda Ahror Iminov kabi murabbiylar viloyat futbol federaciyasi vakillariga uzlarining ayrim taklif va mulohazalari bilan murojaat qildi. Xususan ikkinchi ligadagi o'yinlarning saviyasini oshirish uchun qilinishi kerak bo'lgan jihatlarga to'xtalib o'tildi.
 - Viloyat ikkinchi ligasi bu  qaysidir manoda Viloyat futbol federaciyasining saviyasini ko'rsatib beradi desam xato bo'lmaydi. Ushbu musobaqani o'tkazishda har yili turli muammolarga duch kelinadi. Ko'p jamoalarning ishtiyoqi moliyaviy jihatiga to'g'ri kelmaydi. Lekin har bir tuman imkon qadar o'z jamosini chempionatda ishtirok etishini taminlab keladi. Buning uchun ularga ham minnatdorchilik bildiramiz. Ishni yaqinda boshladim, viloyat ikkinchi ligasining saviyasi haqida tayinli bir nima deyish qiyin. Bu yil imkon qadar musobaqani ko'tarinki ruhda yakunlab, kelasi yildan o'zimizning aniq ish dasturimiz orqali faoliyat yuritamiz - deya so'zini yakunladi viloyat futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti.


Yig'ilishning ikkinchi qismi viloyat futbolida faoliyat yuritayotgan hakamlar va ularnining ishini baholab boruvchi nazoratchi hakamlar ishtirok etdi. Mazkur yig'ilishda ham viloyat futbol federaciyasi vakillari hakamlikdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etib borish yuzasidan taklif va mulohazalarni tingladi. Bugungi kunda birinchi liga musobaqalarida nazoratchi hakam sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Islomjon Rahimov viloyatdagi yosh hakamlarning birinchi navbatda sohaga bo'lgan qiziqishini orttirib borish kerakligini va albatta yangi-yangi joriy etilayotgan futbol qoidalarini yodlab borishi muhimligini kuyunib gapirdi. Undan tashqari taniqli sobiq hakam, bugungi kunda viloyat ikkinchi liga o'yinlarida nazoratchi sifatida ishlab kelayotgan Muhammadqosim To'xtasinov ham o'z takliflarini bildirdi. O'z vaqtida oliy ligada hakamlik qilgan Rustam Hamidov ham soha vakillariga taalluqli bo'lgan foydali takliflarini berib o'tdi. Qolaversa bugungi kunda viloyat futbol federaciyasida faoliyat yuritib kelayotgan taniqli hakam Anvar Marajabov ham ikkinchi ligadagi hakamlik borasida keskin va shu bilan birga achchiq haqiqatlarni aytib o'tdi. Yig'ilish chog'ida, viloyat futbol federaciyasining bu boradagi maqsadi birinchi va oliy liga musobaqalarini boshqarib boruvchi hakamlar sonini oshirib borish ekanligi aytildi. Buning uchun iqtidorli, hakamlikka bo'lgan qiziqishi yuqori hamda o'z ustida ishlashni kanda qilmaydigan yoshlarni ham jalb etib, o'qitish kerakligi eng asosiy vazifa sifatida belgilab olindi.
Viloyat futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti, Bekzod Hamidullaevichning aytishicha, endilikda har oyning so'nggi kunida bolalar murabbiylari va hakamlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning taklif va mulohazalari fikr almashiladi.

Yig'ilish shu tariqa do'stona va samimiy ruh ostida yakuniga etdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика