“Andijon”: Tarkibda o'zgarishlar bor
14 fev 2016 10:53
Yangiliklar
Bugun futbolchilarga dam berildi. Tarkibdagi o'zgarishlar bugungi kunda
muxlislarning diqqat markazida turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu bois bu borada
ularga shuni aytish mumkinki, kuni-kecha yig'inga Xurshid Xo'jaev kelib qo'shildi. O'tgan
mavsum “Navbahor” darvozasini qo'riqlagan posbon joriy mavsumni endi “burgutlar”
safida o'tkazadigan bo'ldi. Undan tashqari “Paxtakor”ning sobiq darvozaboniga
aylangan Akmal Tursunboev ham yana “Andijon”ga qaytgandi. Ushbu iqtidorli posbon
ham yakunda jamoamiz bilan kelishuvga erishdi. “Olmaliq”dan kelgan himoyachi Azamat Isroilovni
ham “Andijon”da o'ynashi aniq bo'lib ulgurdi.
Bungacha yig'inda ishtirok etgan mahalliy darvozabon Lochin Dolimov bilan do'stona ravishda xayrlashdik. Uning kelgusi faoliyatiga omad tilab qolamiz.
"Andijon" FK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar