So’nggi yangiliklar

19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  2 18:44ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" (матнли трансляция)  60 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  10 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  9 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  8 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  15 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  6 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  1 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  11 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   253 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  13 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  20 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3

“Andijon”: “SHo'rtan”ga qarshi o'yin oldidan Yangiliklar

“Andijon”: “SHo'rtan”ga qarshi o'yin oldidan

Xabaringiz bo'lsa kerak, “Andijon” oliy liganing navbatdagi turida safarda “SHo'rtan” bilan bahs olib boradi.

Bo'lajak uchrashuvga jamoamiz imkon qadar puxta hozirlik ko'rishga xarakat qildi. 

Aytish kerakki, bugun jamoamiz delegaciyasi Qarshi shahriga etib keldi va shahardagi muhtasham “Sarbon” mehmonxonasiga joylashdi. Qarshi shahrida ayni damda ob-havo yaxshi desa bo'ladi. Tunda yog'ib o'tgan yomg'irdan so'ng, bugun quyosh charaqlab chiqib turibdi. O'tgan o'yinlarda jaroxati sabab jamoaga yordam bera olmagan ikki markaziy himoyachi - Dilshod Jo'raev bilan Pavel Smolyachenko yana safga qaytgani muxlislarimizni quvontirsa kerak. Ular bugun jamoamiz bilan birga Qarshiga etib keldi. Bo'lajak uchrashuv oldidan ham tarkibda bir muncha yo'qotishlar mavjud bo'lib, markaziy himoyachi Javlon Guseynov sariq kartochkalari soni 4taga etgani bois “SHo'rtan”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Iqtidorli hujumchi Alisher Abduvohidov mashg'ulot chog'ida kutilmaganda jaroxatga yo'liqib, safdan chiqdi. SHuningdek yana bir nechta o'yinchilarimiz jamoa bilan birga Qarshiga etib kelmagan. Bu haqda keyinroq malumot beramiz. 

Bugun yoshlar jamoamiz tushlikdan so'ng G'uzor shahri tomon yo'l oladi va “SHo'rtan” o'rinbosarlariga qarshi bahs olib boradi. Aytish kerakki, bugun yoshlarimiz safarda g'alaba qozonsa turnir jadvalida 7-o'rindan 5-o'ringa ko'tarilish imkoniyatiga egadir. Buni ayni damda yoshlarimiz ham juda yaxshi tushunib turibdi. SHunday ekan ulardan omadsiz yurishga chek qo'yishlarini kutib qolamiz. 

Eslatib o'tamiz, yoshlar ligasi bahsi bugun soat 15:00da start oladi. Ertaga esa oliy liga uchrashuvi soat 17:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Andijon matbuot-xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика