“Andijon”: “Paxtakor”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik Toshkentda boshlandi
03 mar 2016 13:58
Yangiliklar


“Andijon”: “Paxtakor”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik Toshkentda boshlandi
Ikki kunlik dam olishdan so'ng “Andijon” jamoasi kecha poytaxtda yig'ildi.
Jamoamiz “Grand
atlas” mehmonxonasiga joylashdi. Mashg'ulotlar “Bunyodkor” akademiyasining tabiiy mashg'ulot
maydonida o'tkazilmoqda. Malumki 7 mart, dushanba kuni chempionatning ilk turida “burgutlar”
safarda “Paxtakor” bilan ro'baro' keladi. Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik Toshkentda
kechayotganini aytish lozim.
Tarkibda hozircha o'zgarishlar yo'q. Bugun serbiyalik hujumchi Nemanya Yovanovichning klubimiz ixtiyoriga etib kelishi kutilmoqda.
"Andijon" FK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar