Andijon nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2018, 13:12
O'quv-yig'in mashg'ulotlarini Toshkentda olib borayotgan burgutlar kecha navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bu safargi sparring-raqib Bunyodkor yoshlar jamoasi bo'ldi.

O'yinning birinchi bo'limidayoq Orifxo'ja Abduxoliqov bilan Alisher Abduvohidov o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan xolda, tanaffusga Andijonni g'alaba bilan chiqib ketishini taminladi. Yosh qaldirg'ochlar ikkinchi taymda bunga bitta gol bilan javob qaytardi xolos.

Shu tariqa Andijon poytaxtdagi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi.

Nazorat uchrashuvi.
03/02/2018 yil
Bunyodkor (yoshlar) - Andijon 1:2.
Andijon: 
Alibek Turobov, Islom Inomov, Siroj Hamroev, Artur Mamatkazin, Maruf Zokirjonov, Usmonali Ismonaliev, Jahongir Mahsudov, Maruf Murodov, Sunnat Abdullajonov, Alisher Abduvohidov, Orifxo'ja Abduxoliqov.
Zaxira: Javohir Qilichev, Xusan Olimjonov, Muhiddin Xudoyorov, Mirshohid Olimov, Baxtiyor Qosimov, Ibrohim Otaxonov, Maqsud Mahmudov, Dilmurod Mahmudov, Siroj Meliev.

Andijon tarkibiga e'tibor qaratsangiz, Alibek Turobovni ko'rish mumkin. O'tgan yili G'uzorning Sho'rtan jamoasi sharafini himoya qilgan iqtidorli darvozabon ayni damda andijonliklar bilan birga.

Shuningdek undan tashqari, Mashal bilan xayrlashgan hujumchi Kenja To'raev ham kuni-kecha burgutlarning mashg'ulotlariga qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати