So’nggi yangiliklar

09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  3 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  8 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3

“Andijon”: Navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Andijon”: Navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  Andijon
Kecha “Andijon” futbol klubining nabatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbir viloyat kasaba uyushmasining majlislar zalida kechdi. Unda jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va bir nechta ashaddiy ishqibozlar ham bevosita ishtirok etdi.

Yig'ilishni viloyat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Ozodbek Mahamadjonovich Saidov o'tkazib bordi va unda jamoaning so'nggi paytlardagi qoniqarsiz natijasi haqida keskin fikrlar bildirildi.

Ozodbek Saidov yig'ilish davomida “Andijon”ning o'z uyida “Xorazm” va “Orol”ga qarshi bahslarda qayd etgan durang natijasi va keyingi safar o'yinlarida “Surxon” bilan “Nasaf-2”ga qarshi bahslarda yo'qotilgan qimmatli ochkolar borasida qattiq kuyunib gapirdi va so'zni rahbariyat, bosh murabbiy va jamoa azolariga berib, ularni salbiy natijaga nima sabablar bo'layotgani haqida fikrlari bilan qiziqdi.

Jamoa natijalariga masul bo'lgan Vitaliy Legay so'z olib, qoniqarsiz natijalardan keyin rahbariyat va muxlislar oldida uzr so'rashini va kelgusida yanada ko'proq ishlab, jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarishga astoydil xarakat qilishlarini bildirdi.

Futbolchilardan esa tajribali hujumchi Anvar Berdiev va jamoa sardori Ibrohim Otaxonov ham so'zga chiqib, salbiy natijalar qayd etilishida eng avvalo futbolchilar aybdor ekanligini, rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar muhayyo etib borilayotganini takidlab o'tishdi.

SHuningdek, Anvar Berdiev o'z so'zida “Surxon”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda yuz bergan salbiy va o'ziga xos shov-shuv uyg'otgan xolat bo'yicha ham muxlislar oldida butun futbolchilar nomidan kechirim so'rashini bildirdi.

Jamoa sardori Otaxonov esa “Nasaf-2”ga qarshi bahsda qayd etilgan yirik hisobdagi mag'lubiyatda eng avvalo yosh futbolchilarni ishonchsiz xarakat qilgani bilan bog'liq ekanligini aytdi.

Yig'ilish chog'ida Ozodbek Mahamadjonovich klub rahbariyatiga shu kungacha bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Vitaliy Aleksandrovichni o'z lavozimidan ozod qilishlikni va uning yaqin yordamchisi sifatida ishlab kelgan murabbiy Abdurashid Ismoilovni esa istefoga chiqarishini talab qildi. Qolaversa ayrim intizomsiz futbolchilarga keskin chora va xayfsan elon qilishini bildirdi. Agarda birinchi davraning qolgan uchta o'yinida ijobiy natija qayd etilmasa tarkibdagi bir qator futbolchilar bilan xayrlashishi lozimligini ham qo'shimcha qilib o'tdi.

Muxlislar klubi etakchisi Nodirbek To'ychiev ham so'z olib, futbolchilardan har bir uchrashuvda faqat va faqat g'alaba kutishlarini, afsuski so'nggi paytlardagi salbiy natijalar ishqibozlarni chuqur iztirobga solib qo'yayotganini, bundan jamoa azolari to'g'ri xulosa chiqarib, kelgusida vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishi shart ekanligini alohida takidladi.

SHundan so'ng klub qarorgohida ham klub rahbariyat futbolchilar bilan uchrashib, yana bir bor ochik suhbatlashib oldi va keyingi uchta o'yinda 9 ochko uchun kurashishlari kerakligini bildirdi.

Andijon matbuot xizmati.
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика