“Andijon” muxlislari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
19 fev 2016, 23:30
“Andijon” muxlislar klubi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash arafasida.

Ishqibozlar klubiga yani 18-sektorda sevimli jamoamizni butun o'yin davomida tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatlashni istaganlarni 20 fevral, shanba kuni soat 15:00da “Sog'lom avlod” stadioniga kelishlari so'raladi. Muxlislar klubiga a'zo bo'lishni hohlaganlar o'zi bilan 2ta 3x4 hajmdagi rasm va albatta shaxsini tasdiqlovchi Pasporti (nusxa) si bilan kelishi so'raladi. Uchrashuv kuni qolgan masalalar to'liq tushuntiriladi.  

Shuningdek agarda kimda qandaydir taklif va mulohazalar bo'lsa, 18-sektorbop "krichalka" va shunga o'xshash yangilik bo'lsa 20 fevral kuni o'zi bilan birga olib kelishi so'raladi. “Andijon” ishqibozlar klubi har yili bir qator yangiliklarga qo'l urib kelmoqda. Bu yil ham ushbu ananani davom ettirish borasida ish olib borilmoqda.
 
“Andijon” ishqibozlar klubi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia