"Andijon" moliyaviy qiyinchilik tufayli Nukusga bormaydi
19 apr 2022 14:50
Yangiliklar
"Andijon" moliyaviy qiyinchilik tufayli Nukusga bormaydi
"Andijon" klubida moliyaviy holat og'ir ekani haqida yozgandik.
Championat.asia saytining xabariga ko'ra, "Andijon" klubi O'zbekiston kubogi doirasidagi "Aral Samali"ga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Nukusga bora olmaydi. Bunga bosh homiyning safar uchun pul topa olmayotgani sabab bo'lgani aytilmoqda.
Malumot uchun, "Andijon" O'zbekiston kubogi guruh bosqichida 2ta o'yindan 4 ochko to'plab "E" guruhida 1-o'rinni egallab turibdi. "Aral Samali" hisobida esa 2ta turdan keyin ochko yo'q. Agar "Andijon"ga ertangi o'yin uchun texnik mag'lubiyat yozilsa va 4 ochko bilan ham guruhdan chiqa olsa kubokdagi ishtirokini davom ettiradimi yoki yo'qmi hozircha nomalum.
"Andijon"ning murabbiylar shtabi va legionerlar oldida bir necha oylik qarzi mavjud
Fikrlar