So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Andijon": “Lokomotiv-BFK” bilan uchinchi to'qnashuv! Prevyu Yangiliklar

"Andijon": “Lokomotiv-BFK” bilan uchinchi to'qnashuv! Prevyu

Bugungi raqibimiz Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasi 2006 yili tashkil topgan.

Ko'pchilik ushbu jamoani oliy liga ishtirokchisi “Lokomotiv”ning farm-klubi deb biladi. Ammo unday emas. “Lokomotiv-BFK”ning o'z yo'nalishi bor. Jamoa asosiy etiborini yoshlarni etishtirib chiqarishga qaratgan. Joriy mavsum “Lokomotiv-BFK” ga Vohid Xolboev ustozlik qilib kelmoqda. Yuqorida aytib o'tganimizdek, jamoaning o'zagini asosan yoshlar tashkil etadi. Eng tajribali o'yinchisi sifatida himoyachi Rustam Yaralievni aytish mumkin. SHuningdek oliy ligada “Metalurg” va “SHo'rtan”  jamoalarida o'ynab tajribasini boyitgan Sardor Rasulov ham joriy yil “Lokomotiv-BFK” sharafini himoya qilmoqda. Etiborlisi bu yil ushbu jamoa safiga andijonlik Abdumutallib Iskandarov qo'shilgan. 

 “Temiryo'lchilar” bilan  2013 yilgi mavsumda ikki bor to'qnash kelganmiz.  Demak, bugun o'zaro rasmiy uchinchi to'qnashuvimiz bo'ladi.

2- tur. 31 mart (yakshanba) 2013 yil

Andijan – Lokomotiv-BFK - 3:0.

Andijon. 4812 tomoshabin.

Hakamlar: R. Tolibjonov, R. Fozilov, E. Tursunov, Z. Abdurahmonov.

Nazoratchi: R. Saidov.

Gollar: Davron Tursunov (2), Lochin Soliev (25), Andrey Sidorov (75).

Amalga oshirilmagan penalti: B. G'oziev (Andijan) 90+1.

Ogohlantirishlar: Ikrom Ibragimov (23), Bahrom Abdurahimov (35), Temur Hakimov (61) – Botir Latipov (37), Jasur Mirzaboev (43), Aziz Qurbonaliev (90).

CHetlatish: B. Latipov (ikkinchi sariq, 61).


21-tur. 6 iyul (shanba) 2013 yil

Lokomotiv-BFK – Andijon – 0:2 (0:1).

Toshkent. 217 tomoshabin.

Hakamlar: Dilshod Karimov (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), F. Yarmuxamedov (Toshkent), A. Rubakov.

Nazoratchi: R. Mo'minov (Toshkent).

Gollar: Rahim Qodirov (5), Alisher To'xtasinov (52).

Ogohlantirishlar: Jasur Mirzaboev (22), Jahongir Ishokov (80), Azamat Komiljonov (84) – Temur Xakimov (32), Aleksandr Lupashko (72).



"Andijon" klubi matbuot xizmati
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика