"Andijon" legioneri uchun mavsum yakunlandi
04 iyu 2023 19:11
Yangiliklar
"Andijon" legioneri uchun mavsum yakunlandi
Futbolchi jarohati sabab ikkinchi davrani o'tkazib yuboradi.
Gap "Andijon"ning gruziyalik legioneri Nodari Kavtaradze haqida ketmoqda. Yarim himoyachining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi va katta ehtimol bilan 6 oyga safdan chiqdi. Bu haqida Nodarining agenti saytimizga malum qildi.
U birinchi davrada "burgutlar"ning muhim futbolchisi sifatida gavdalandi. Superligada 11ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, kubok uchrashuvlarida 2ta bahsda ishtirok etdi. Kavtaradze "Andijon"dan ketmaydi va shunchaki qaydnomadan chiqariladi. Klub bilan shartnomasi esa 2 yilga mo'ljallangan. Uning o'rniga klub rahbariyati boshqa legioner variantini ko'rib chiqyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar