"Andijon" legioneri uchun mavsum yakunlandi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2023, 19:11
Futbolchi jarohati sabab ikkinchi davrani o'tkazib yuboradi.

Gap "Andijon"ning gruziyalik legioneri Nodari Kavtaradze haqida ketmoqda. Yarim himoyachining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi va katta ehtimol bilan 6 oyga safdan chiqdi. Bu haqida Nodarining agenti saytimizga ma'lum qildi. 

U birinchi davrada "burgutlar"ning muhim futbolchisi sifatida gavdalandi. Superligada 11ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, kubok uchrashuvlarida 2ta bahsda ishtirok etdi. Kavtaradze "Andijon"dan kyetmaydi va shunchaki qaydnomadan chiqariladi. Klub bilan shartnomasi  esa 2 yilga mo'ljallangan. Uning o'rniga klub rahbariyati boshqa legioner variantini ko'rib chiqyapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia