So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  0 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  18 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  4 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  11 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  17 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

“Andijon”: Klub lagerida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Andijon”: Klub lagerida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  AndijonYig'ilish
Xabaringiz bo'lsa kerak, PRO-Liga ishtirokchisi “Andijon” jamoasi ayni damda mavsumning ikkinchi qismiga Toshkent viloyatining, CHirchiq shahrida tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotlari kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Bugun jamoa istiqomat qilayotgan “Zerom” mehmonxonasining majlislar zalida klubning navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Uni “Andijon” futbol klubi vice-prezidenti, bosh direktori Marufjon Abdisalomov olib bordi. SHuningdek yig'ilishda klubning direktorlar kengashi azolari, jamoa murabbiylar shtabi hamda futbolchilar ishtirok etdi.
Ushbu yig'ilishdan ko'zlangan maqsad, mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik jarayonini yanada kuchaytirish, belgilangan vazifa – Superligaga chiqish va mamlakat Kubogi bahslarida imkon qadar finalga qadar etib borish masalalari bo'yicha atroflicha gaplashib olindi.

Yig'ilishning kirish qismida klub bosh direktori Marufjon Jamoldinovich so'z olar ekan, quyidagilarni takidlab o'tdi:
- “Andijon” professional futbol klubi PRO-Liganing dastlabki qismini yuqori kayfiyatda yakunladi. Bunda butun jamoaning xissasi beqiyos. Jamoaning futbolchilar oldida qarzdoriligi deyarli yopildi. SHuningdek o'tgan yillar bo'yicha jamoada oylik maoshlari qolib ketgan – Rasul Rahmonov, Abdulatif Abduqodirov, Akbar Xodjaev singari futbolchilar bilan ham to'liq hisob-kitob ishlari yakuniga etkazildi. Bundan tashqari “Andijon” futbol klubini mavsumning ikkinchi qismiga yanada puxta tayyorlash maqsadida CHirchiq shahridagi mo'jazgina qarorgohda yig'in tashkil etildi. Bunga javoban sizlardan endilikda fidoiylik talab qilinadi. Tarkibdagi raqobatni kuchaytirish maqsadida selekciya ishlariga ham jiddiy urg'u berdik. Bungacha Superliga klublarida faoliyat yuritib kelayotgan mahoratli futbolchilar – Nikita Ribkin (“Metallurg”), Farhod Mirahmatov (“So'g'diyona”), Doniyor Hasanov (“So'g'diyona”), Nodirxon Kamolov (“Qizilqum”), Davron Mamatov (“Neftchi”), Sunnat Ermatov (“Neftchi”) taklif etilib, rasmiy kelishuvga erishildi. SHuningdek mavsumning birinchi qismida “Xorazm” jamoasi sharafini himoya qilgan chempionat to'purari Qadamboy Nurmetov ham taklifimizni rad etmasdan “Andijon”da o'ynashga rozi bo'ldi. Buning uchun Superliga klubidan kelgan va umuman jamoamizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Ularga kelgusi faoliyatida omad yor bo'lishini tilab qolaman.
Endilikda klubning har bir azosi bir maqsad yo'lida yanada jipslashib xarakat qilinsa, albatta muxlislar orziqib kutgan Superliga yo'llanmasini ham qo'lga kirita olamiz. Ishonamanki, ushbu vazifani bajarish uchun murabbiylar shtabi va futbolchilarning mahorati etarli.  

SHundan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ildar Sakaev so'z olib quyidagilarni bayon qildi:
- PRO-Liga o'yinlarining hech biri bu yil oson o'tayotgani yo'q. SHunga qaramay “Andijon” futbol klubi mavsumning birinchi qismini yuqori o'rinda tugatdi.  Rahbariyat jamoani bu yil Superligaga olib chiqish vazifasini qo'ygan. Xususan, Andijon viloyati hokimi, “Andijon” professional futbol klubi prezidenti  SHuhratbek Abdurahmonovning qabulida bo'lganimda, hamisha jamoani bu yil kuchlilar safiga qaytarib, Andijon xalqiga yaxshi kayfiyat ulashishimiz kerakligini takidlaydi. Albatta bu maqsad yo'lida klub bosh direktoridan tortib, murabbiylar shtabi, futbolchilar va oddiy ishchi xodimigacha astoydil kurashish talab etiladi. Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik reja asosida ketmoqda. CHirchiq shahrida ko'ngildagidek yig'in o'tkazish uchun rahbariyat tomonidan qulay sharoitlar yaratib berildi. Tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan xayrlashishimizga to'g'ri keldi va ularning o'rniga Superliga klublaridan mahoratli o'yinchilar taklif etildi.
SHunday ekan endilikda har bir futbolchidan o'z ishiga professionallik va fidoiylik talab etiladi.
SHuni ham aytib o'tishim kerakki, hech bir futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan. SHu bois mashg'ulotda hamma o'z ustida ko'proq ishlashi lozim.


Yig'ilishda “Andijon” jamoasi sardori Ibrohim Otaxonov ham so'z olib, futbolchilar nomidan fikr bidirar ekan, rahbariyat tomonidan jamoaga bo'layotgan etibor va yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib, mavsumning ikkinchi qismiga jangavor tarkib bilan kirib borilayotganini takidladi. SHuningdek Ibrohim Otaxonov kelgusida rahbariyat tomonidan moliyaviy jihatdan yanada rag'batlantirib turilsa, maqsadga erishish yanada oson kechishini bildirdi.
Yig'ilish so'nggida jamoaga yangi taklif etilgan yangi futbolchilarni klub bosh direktori birma-bir tanishtirib o'tib, ularga taklifimizni rad etmasdan PRO-Liga klubi bo'lsada “Andijon”ga kelishgani uchun yana bir bor minnatdorchilik izhor etdi.
O'z navbatida yangi kelib qo'shilgan futbolchilar ham bu yil “Andijon”ga astoydil yordam berish uchun kelishganini bildirib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bor kuch va mahoratini ishga solishlarini aytib o'tdi.
SHu tariqa “Andijon” futbol klubining mazkur yig'ilishi do'stona va ishchan ruh ostida yakuniga etdi.

“Andijon” matbuot xizmati.  


Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика