So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Andijon chempionatning so'nggi turlariga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

Andijon chempionatning so'nggi turlariga tayyorgarlikni boshladi

Birinchi liganing 34-turida safarda Xotira-79 bilan o'ynagan andijonliklar bir kunlik dam olishdan so'ng yana mashg'ulotlarga kirishdi.

Kecha jamoa azolari klub qarorgohida yig'ildi va chempionatning so'nggi ikki turiga jiddiy hozirlik ko'rishni boshlab yubordi.

Tushlikdan so'ng futbolchilar Bo'ston dahasida joylashgan BO'FM maydonida tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdi. Bosh murabbiy Usmon Toshev va murabbiy Farruh Hamroev malum sabablarga ko'ra, kechagi mashg'ulotda ishtirok eta olmadi. SHuning uchun mashg'ulotlarga mahalliy murabbiylar - Iskander Galiulin, Rasul Rahmonov va Bekzod Turg'unov boshchilik qildi. O'tgan turni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan Baxtiyor Qosimov navbatdagi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Afuski Akmal Ortiqov va Akmal Xolmatovni jaroxatlar bezovta qilmoqda. Ammo shunga qaramay ushbu futbolchilar ayni damda jamoa bilan birga bo'lib, oliy ligaga chiqish yo'lida jamoadoshlariga ruhan dalda bermoqda. 

Eslatib o'tamiz, burgutlar 29 oktyabr, yakshanba kuni Sog'lom avlod stadionida Jizzax viloyati, G'allaorol tumanining G'allakor jamoasini qabul qiladi. 1 noyabr, chorshanba kuni esa chempionatning so'nggi turida Zominni qabul qiladi. Har ikkala uchrashuvning boshlanish vaqti soat 15:00ga belgilangan. 

Muxlislarni stadionga chorlaymiz! Zero, ishqibolarning daldasi Andijon uchun nihoyatda zarur!


Andijon matbuot xizmati.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика