So’nggi yangiliklar

01:04"Пахтакор" ёшлари Қатар U-20 термасига қарши назорат ўйинини ўтказди  0 00:55"Ливерпуль"га "Интер" ҳимоячиси керак  1 00:33Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан йирик ғалаба, Роналдудан 961-гол!  1 00:16"Айнтрахт"га янги бош мураббий тайинланди  1 23:46Инсинье собиқ жамоасига қайтди  2 23:14"Милан" футболчиси "Рома"га ўтиши мумкин  0 22:58Ҳусанов 2-ўринда: ЕЧЛнинг умумий гуруҳ босқичидаги энг тезкор футболчилар маълум қилинди  11 22:33"Манчестер Сити" Оскар Боббни сотиб юборди  1 22:16Флик: "Барселона"нинг мақсади - барча совринларни ютиш"  6 21:50Ўзбекистон U-17 Хитойни мағлуб этди  3 21:35Расман: "Барселона" Фермин билан шартномани узайтирди  2 21:13"Ювентус" колумбиялик юлдузни олиб келмоқчи  1 20:42Ўзбекистон терма жамоаси "Урарту"ни мағлуб этди  31 20:26Каррагер "Ливерпул"нинг Чемпионлар Лигасидаги имкониятлари ҳақида баёнот берди  1 19:34Стерлинг ЕЧЛда иштирок этаётган 7 клуб билан музокаралар олиб бормоқда  0

Andijon: Bunyodkor bilan o'yin oldidan Yangiliklar

Andijon: Bunyodkor bilan o'yin oldidan

Teglar :  AndijonBunyodkor
Bugun Andijonda katta futbol. Sog'lom avlod stadionida burgutlar chempionatimizning etakchi klublaridan biriga qarshi bahs olib boradi.
Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan Andijon bugun  qanday bo'lmasin o'z maydonida yutqazmaslikka urinadi. Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, qaldirg'ochlar shu kungacha Andijonda umuman mag'lub bo'lmagan. Ko'ramiz, jamoalarning 18-to'qnashuvida omad kimga kulib boqarkin. Bunyodkor jamoasi kecha tushlikdan so'ng Andijon shahriga etib keldi va Vella elegant mehmonxonasiga borib joylashdi.

Bugun diskvalifikaciya tufayli har ikki jamoa tarkibida maydonga tusha olmaydigan futbolchilar bor. Mezbonlar safida markaziy himoyachi Bobur Akbarov bo'lsa, mehmonlardan Sato Minori sariq kartochkalari soni 4taga etgani munosabati bilan bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur.

Bugungi uchrashuvni andijonliklar qizil, toshkentlik futbolchilar esa oq rangli libosda o'tkazadigan bo'ldi.

Darvoqe, kecha yoshlar ligasida Andijon joriy mavsum chempioni Bunyodkor o'rinbosarlarini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Eslatib bugungi uchrashuv soat 15:30da boshlanadi. CHiptalar stadion kassalarida sotilmoqda. Qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuvga muxlislarni taklif etib qolamiz.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика