So’nggi yangiliklar

21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  0 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  6 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  4 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  1 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  3 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  7 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  8

“Andijon-Akademiya SGS” jamoasi Tojikistondagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarning barchasida g'alaba qozondi Yangiliklar

“Andijon-Akademiya SGS” jamoasi Tojikistondagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarning barchasida g'alaba qozondi

Teglar :  Andijon akademiya
Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyatining “Andijon-Akademiya SGS” (Andijon viloyat futbol mahorat maktabi) jamoasi o'zi ishtirok etadigan turnirlarga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida xorij yig'inini tashkil etdi.

SHoxruh Ishanov murabbiyligidagi ushbu jamoa 1-15 avgust kunlari Tojikistonda, Bahoriston futbol qarorgohiga joylashib, o'sha erda yig'in tashkil etdi. Rejaga ko'ra jamoa ikki kun avval yurtimizga qaytishga qaror qildi. Bunga sabab 13 avgustdan Toshkent shahridagi U-16 terma jamoasiga saralash musobaqasi boshlanadi. Unda 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar viloyat terma jamoasida ishtirok etadi. “Andijon-Akademiya SGS” tarkibida ham Andijon viloyat terma jamoasiga nomzodlar ko'pligi sababli, qolaversa ushbu toifadagi terma jamoaga aynan SHoxruh Ishanov murabbiylik qilishi sababli ham “Andijon-Akademiya SGS” kecha tunda Toshkent shahriga etib keldi. 

“Andijon-Akademiya SGS” jamoasi Tojikiston yig'ini mobaynida uchta xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Etiborlisi ularning barchasida yoshlarimiz g'alaba qozondi. Ishanov shogirdlari dastlab 5 avgust kuni “Spartak” U-17 (Xo'jand) jamoasiga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Abubakir Rejaboev, O'ktam Abdumalikov, Hamidullo Karimov mualliflik qildi. 

“Andijon-Akademiya SGS” shu kuni quyidagi tarkib bilan xarakat qildi: 33. Asilbek Tojidinov, 4. Fayzullo Nurmuhammedov, 5. Abubakir Rejaboev, 7. Omadbek Tursunaliev, 8. Fazliddin Zuhriddinov, 10. Hamidullo Karimov, 11. O'ktam Abdumalikov, 17. Zayniddin Hamroboev (S), 20. Akbarxo'ja No'monxo'jaev, 27. Abdushukur Mahammatov, 77. Muhriddin Valixonov.

Zaxira: 6. SHoxjahon Erkinboev, 9 Azizbek Usmonov, 15. Islom Rahimov, 18. Abdurahmon Tolibjonov, 19. Abdurahmon Kazakov, 22 Mirjalol O'lmasboev, 21. Tolibjon Sultonboev.

8 avgust kuni “Andijon-Akademiya SGS” jamoasiga “Xo'jand” U-17 jamoasi sparring raqib vazifasini o'tab berdi. Qizig'i shundaki, andijonliklar bu safar ham  mezbonlarnii 3:1 hisobida dog'da qoldirdi. Gollarga Abdushukur Mahammatov, Islom Rahimov va Azizbek Usmonov mualliflik qildi. 

“Andijon-Akademiya SGS” tarkibi: 33. Asilbek Tojidinov, 4. Fayzullo Nurmuhammedov, 5. Abubakir Rejaboev, 7. Omadbek Tursunaliev, 8. Fazliddin Zuhriddinov, 10. Hamidullo Karimov, 11. O'ktam Abdumalikov, 17. Zayniddin Hamroboev (S), 20. Akbarxo'ja No'monxo'jaev, 27. Abdushukur Mahammatov, 77. Muhriddin Valixonov.

Zaxira: 6. SHoxjahon Erkinboev, 9 Azizbek Usmonov, 15. Islom Rahimov, 18. Abdurahmon Tolibjonov, 19. Abdurahmon Kazakov, 22 Mirjalol O'lmasboev, 21. Tolibjon Sultonboev.

Xorij yig'inining so'nggi kunida andijonliklar “Xo'jand” U-19 jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Nisbatan o'zidan birmuncha katta yoshda bo'lgan va shu bilan birga maxoratli raqibiga qarshi kechgan uchrashuvda andijonlik yoshlar o'zini sira yo'qotib qo'ymadi. Keskin va murosasiz tarzda kechgan uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi. Yakunda “Andijon-Akademiya SGS” jamoasi 6:4 hisobida g'alaba qozonib, yurtimizga yuqori kayfiyatda qaytib keldi. So'nggi nazorat uchrashuvida vakillarimizdan gollarga, Akbarxo'ja No'monxo'jaev, Asilbek Tojidinov, O'ktambek Abdumalikov, Abdushukur Mahammatov, Azizbek Usmonov va Hamidullo Karimov mualliflik qildi.


Bosh murabbiy SHoxruh Ishanov shu kuni tarkibda ayrim kichik o'zgarishga qo'l urdi: 

33. Asilbek Tojidinov, 4. Fayzullo Nurmuhammedov, 5. Abubakir Rejaboev, 6. SHoxjahon Erkinboev, 7. Omadbek Tursunaliev, 10. Hamidullo Karimov, 11. O'ktam Abdumalikov, 17. Zayniddin Hamroboev (S), 20. Akbarxo'ja No'monxo'jaev, 27. Abdushukur Mahammatov, 77. Muhriddin Valixonov.

Zaxira: 8. Fazliddin Zuhriddinov, 9 Azizbek Usmonov, 15. Islom Rahimov, 18. Abdurahmon Tolibjonov, 19. Abdurahmon Kazakov, 22 Mirjalol O'lmasboev, 70. Tolibjon Sultonboev.

SHu tariqa “Andijon-Akademiya SGS” jamoasi mazkur uchrashuvdan so'ng Tojikistondagi xalqaro yig'inni yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Endi jamoaning bir qator futbolchilari Andijon viloyat terma jamoasi tarkibida 13-20 avgust kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladigan turnirda ishtirok etadi.

Islombek Rustamov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика