So’nggi yangiliklar

18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  0 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  1 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   5 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  0 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  13 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   16 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  5 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  8 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  20 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3

"Anderlext" Lukaku va Kompani kabi iqtidorlarni qanday tarbiyalaydi?! Yangiliklar

"Anderlext" Lukaku va Kompani kabi iqtidorlarni qanday tarbiyalaydi?!

Teglar :  AnderlextAkademiya
Evropa akademiyalari, ularning uslubi va umuman ish jarayoni haqida bilish ko'pchiligimiz uchun qiziq.

Bugun ana shunday akademiyalardan biri, dunyo futboliga ko'plab iqtidorlarni sovg'a qilgan Bryusselning "Anderlext" klubi akademiyasiga o'ziga xos sayohat uyushtiramiz. Aynan shu klub tarbiyalanuvchilaridan 5 nafari (Vensan Kompani, Romelu Lukaku, Yuri Tilemans, Adnan Yanuzay va Leander Dendonker) mamlakat bosh jamoasi tarkibida Jahon CHempionati bronza medallarini qo'lga kiritishdi. 17 yoshigacha bo'lgan termaning bugungi kundagi yana bir azosi Dris Mertens ham aynan Belgiyaning "Qirollik klubida" futbol sir-asrorlarini o'rgangan.


"Anderlext" akademiyasi (RSCA Football Academy) Bryussel chekkasidagi go'zal bog' va o'quv maskanlari yonida joylashgan. U-21 jamoa azolari "de la Pedepark" xiyobonidagi ko'l atrofida yugurib bo'lganlaridan so'ng, Romelu Lukaku surati oldidan o'tib, mashg'ulot zaliga yo'l oladilar.

"Biz umumtalim maktablari bilan hamkorlik qilishimizga aynan Romelu Lukakuning otasi sababchi bo'lgan. Romelu 15 yoshida mashhurlikka erishdi va klublar unga katta qiziqish bildira boshladi. Lukakuning otasi menga shunday dedi: "Lill", "Lans", "Oser", "Sent-Eten" — shu klublar o'g'limga qiziqmoqda va ularning barchasi farzandimga maktab, turar joy hamda futbol bo'yicha talim berishga tayyor ekanliklarini takidlashmoqda. Ularda barchasi muhayyo", — deydi "Anderlext" yoshlar bo'limi boshlig'i Jan Kindermans. — Bir necha oy o'tgach, Belgiyaning turli burchaklaridan iqtidorlilarni jalb qiladigan "Purple Talents" loyihasini tashkil qildik. Oradan o'n yildan ortiq vaqt o'tdi va bu oddiy loyiha emasligi malum bo'ldi. Ushbu dastur iqtidorli bolalar uchun murabbiylar tomonidan olib boriladigan ertalabki mashqlarni o'z ichiga oladi. Individual mashqlar bolalarning texnik ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. "Anderlext" futbolchilarning texnik rivojlanishi hamda jamoaviy intellektga ega bo'lishiga katta ahamiyat beradi. Aytgancha, Romelu maktabga borishdan avval har kuni tongda hujumning yakuniy qismi ustida takror va takror ishlagan".

"Biz hali juda yosh bolakaylarni haddan ziyod ko'p malumot bilan to'ldirmoqchi emasmiz", — davom etadi Kindermans.

— Qisqa vaqt davom etadigan intensiv mashg'ulotlar uzoq davom etadigan, lekin tempi ham ancha sust jarayondan foydaliroq. Bizning tarbiyalanuvchilarimiz tengqurlaridan ajralib qolishi kerak emas. Ular turli bolalar bilan do'st tutinishi, har xil odamlar bilan ko'rishishi, tanishishi zarur. Normal hayot tarzi juda muhim". Kindermans vaqtida professional darajada shunday o'ynardi. Lekin endi u "Anderlext" yoshlarining yaxshi futbolchi bo'lib etishishiga javobgar. U-19 yoki U-21 va hatto asosiy jamoa g'alabalari ham qaysidir manoda Janning muvaffaqiyati. Yosh futbolchilar aynan uning qo'l ostida shug'ullanib, o'z ustilarida ishlab, asosiy jamoa darajasigacha etadilar. Klubning yoshlar departamenti boshlig'i, shahar bo'ylab iqtidorlarni qanday saralashi borasida faxr bilan shunday deydi: "6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida biz dastlab Bryusselda yoki uning yaqinida istiqomat qiluvchilarga etibor qaratamiz. Bu yoshda bolalarni oilasidan ajratib olish juda qiyin, lekin aslida yo'ldagi tirbandliklarda soatlab turgandan boshqa bir oilada yashagan maqul".

U-17 jamoasi Belgiyaning qator klublarida to'p tepgan sobiq futbolchi Noureddin Mukrim qo'l ostida shug'ullanadi. Ular to'pga egalik qilish va darvozabonni o'yinga ko'p jalb qilishga alohida etibor qaratishadi. Har 10-15 daqiqada murabbiy shogirdlarini to'xtatadi va yo'l qo'yilayotgan xatolarni aytib, to'g'ri yo'l ko'rsatadi. Parallel ravishda bosh maydonda 15 yoshli bolalar qanotga, juda uzoq masofaga krossni amalga oshirish hamda hujumni zarba bilan yakunlashni mashq qiladilar. Tabiiyki, xatolarini takror va takror qaytaraveradigan murabbiyga bolalar o'sha pallada, mashg'ulot vaqtida mehr bilan qaray olishmaydi. Biroq yosh futbolchilar sabr bilan barchasini amalga oshiradilar. "Biz har bir bolaga individual yondashishga harakat qilamiz, — tushuntiradi Kindermans. — Akademiyada turli millat, din va madaniyat vakillari birga shug'ullanadilar. Ularning har biri u yoki bu voqeaga o'ziga xos reakciya bildiradi. 

"Anderlext" — bu ko'cha. Biz jamiyat ko'zgusi hisoblanamiz. Bryussel qisman Londonga, huddi shunday Parijga va istalgan boshqa bir katta shaharga o'xshaydi. Bu bizning ustun jihatimiz. Misol sifatida Vensan Kompanini olaylik. Uning otasi Afrikadan chiqqan, onasi esa belgiyalik. U Bryussel shahrida ortiqcha dab-dabasiz, oddiy oilada tarbiya ko'rgan. Kechki payt u tramvayga, keyin esa kechki avtobusda uyiga etib olardi. Vensan bevosita ko'cha tasiri ostida edi.

Kompani – juda aqlli yigit. U "Anderlext" tarixida o'chmas iz qoldirishiga ishonchim komil. Vensan - tug'ma etakchi. Buni tushunish uchun psixologiya doktori bo'lish shart emas. Har safar gapirganda yoki xazillashganda buni sezish mumkin. U boshqalar ichida yaqqol ajralib turadi va qaerda bo'lmasin etakchi bo'ladi". SHubhasiz, Kindermans yangi avlod vakillari ichidan Vensan Kompanidek hislatlarga ega bolalar bilan ishlashni qoyil qila oladi. Buni Jan akademiya murabbiylariga klub falsafasini jon kuydirib tushuntirayotganda tushinib olish qiyin emas. 

"Menga har yil jamoasini almashtiradigan murabbiylar yoqmaydi. Stabillik — muvaffaqiyat kaliti. Murabbiylarimiz vaqti-vaqti bilan psixolog va pedagoglardan dars oladilar. Bizda siz sobiq professinal futbolchilarni ham, diplomi bor mutaxassislarni ham uchratishingiz mumkin. To'g'ri ularning ham o'ziga yarasha qarashlari, fikrlari mavjud. Lekin o'z usuliga ega bo'lishning o'zi etarli emas. Murabbiy ustalik bilan fikrlarini shogirdiga etkaza olishni bilishi va ularni nazariyasi ortidan ergashtira olishi zarur", — takidlaydi Kindermans.

— Bolalar o'zgarmoqda, futbol o'zgarmoqda. Men murabbiylarimizdan CHempionlar Ligasi o'yinlarini tomosha qilish va tahlil qilishni so'rayman. Zamonaviy futboldan ortda qolib ketmaslik kerak. Avval biz to'pga o'yin vaqtining 70%da egalik qilishga intilardik, lekin uni nima qilishni bilmasangiz to'p sizda bo'lganidan nima naf?! SHu sabab biz o'yin vaqtining 70%ida to'pga foydali egalik qilishni o'rganish ustida ishlayapmiz. Barcha mashg'ulotlarga biz hujumning yakuniy qismi ustida ishlashni kiritganmiz. Aks holda, har safar 0:1 hisobida mag'lub bo'laveramiz. Jamoamiz falsafasini qisqacha aytsak: to'pni olib qo'yish — uni egallab turish, oldinga o'tish, vaziyat yaratish, gol urish, g'alaba qozonish. Akademiyada biz aynan shuni tushuntirishga harakat qilamiz".

"Anderlext"da talim va o'qitish tizimi ham qattiq nazorat qilinuvchi dastur ish berishiga ishonadilar. Bu yo'l bilan ular professional futbolchi bo'la olmagan yigitlar ham ertaga hayotda o'z o'rnini topib ketishi, ko'p qirrali shaxslarni tarbiyalashni maqsad qilganlar. "Video va taktika orqali biz futbolchilarimiz o'yin uslubidan qatiy nazar istalgan raqibni enga oladigan bo'lishiga erishishni istaymiz. Bu borada bosh jamoadan o'rnak olib bo'lmasdi, sababi oxirgi 15 yilda hech bir mutaxassis jamoada uch mavsumdan ko'proq ushlanib qolganicha yo'q, — deydi Kindermans. Kattalar yoshroq jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlovchi so'zlarni muntazam aytadilar. Akademiya devorida har bir futbolchi umri davomida yodda saqlashi kerak bo'lgan gap: "Mashaqqatli mehnat iqtidorni engadi" so'zlari yozib qo'yilgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика