Anchelottining o'g'li Gyuler sababli otasini aybdor qilib qo'ydi

Оқил Абдубарноев
13 fev 2024, 21:28
"Real"ning "Jirona"ga qarshi o'yindagi penalti bilan bog'liq vaziyat tafsilotlari oshkor bo'ldi.

Madridliklarning turkiyalik yosh futbolchisi Arda Gyuler shanba kuni La Liganing 24-turi doirasida "Jirona"ga qarshi o'yinda (4:0) zaxiradan maydonga tushdi va o'yin so'ngida penalti ishladi.

Hakam 11 metrli nuqtaga ishora qilgach, maydon chetida turgan mezbonlar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Karvaxalga penaltini Ardaning o'zi amalga oshirishi kerakligini aytgan.

Biroq italiyalik mutaxassisning o'g'li va yordamchisi Devid otasining ortidan kelib, penaltini Xoselu amalga oshirishi lozimligini takidlagan, sababi, ushbu nuqtada hujumchining ko'rsatkichlari yaxshi bo'lgan.

Bosh murabbiy esa o'g'lining fikriga amal qildi, ammo yakunda Xoselu 11 metrli jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi. Ma'lumki, qaror va natija uchun bosh murabbiy javobgar hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca