Anchelottining Angliyadagi uyidan seyfni o'g'irlab ketishdi
13 fev 2021 11:24
Yangiliklar


Anchelottining Angliyadagi uyidan seyfni o'g'irlab ketishdi
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti talonchilik qurboni bo'ldi.
Voqea juma kuni kechqurun Blundelsands (Mersisayd, Angliya)da bo'lib o'tdi. Ikki erkak niqobda italiyalik murabbiyning uyiga kirishgan.
U policiya kelishidan oldin qochib ketgan o'g'rilarni qo'rqitib yuborgan. Uydagi hech kim jabrlanmagan.
Policiyaning xabariga ko'ra, reyd davomida Anchelottining uyidagi seyf o'g'irlangani malum bo'ldi.
Takidlash kerakki, Angliyada futbolchi va murabbiylarning uylariga o'g'ri tushishi juda ko'p uchraydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar