Anchelotti: "Klopp Neapoldagi mag'lubiyatidan so'ng CHLni yutgan. Men uni tinchlantirdim"
18 sen 2019 14:17
Yangiliklar


Anchelotti: "Klopp Neapoldagi mag'lubiyatidan so'ng CHLni yutgan. Men uni tinchlantirdim"
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Liverpul" (2:0)dan qozonilgan g'alabadan so'ng Yurgen Klopp bilan bo'lgan suhbatini aytib o'tdi.
"Men unga xafa bo'lmaslikni aytdim, chunki bu erda oldin ham yutqazgan, yakunda esa CHempionlar Ligasida zafar quchgan edi. SHunday deb uni tinchlantirdim.
Men jamoam o'ziga va darajasiga ishonishini xohlayman. Menga o'yinimiz juda manzur keldi.
Lorente bugun bizga yordam berdi. O'yinchilar charchashdi va biz birinchi golimizni uzun pasdan so'ng amalga oshirdik", - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" kecha CHL doirasidagi dastlabki bahsda "Liverpul"ni 2:0 hisobida dog'da qoldirdi.
O’xshash yangiliklar
18:06
Deku va Flik hozirda Reshford transferini ko'rib chiqmayapti. "Barsa" Diasga etibor qaratmoqda 2

Fikrlar