Anchelotti kechagi o'yindagi mag'lubiyat haqida nimalar dedi?

Eldor Akmurzayev
8 yanv 2023, 07:40
Ispaniya chempionati 16-turida “Real” safarda “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berdi – 1:2.

“Ular bizdan ko'ra yaxshiroq o'ynashdi. Raqib buni yaxshiroq uddalasa, g'alabaga loyiq bo'ladi.

Jamoani ancha yangilanganini ko'rmoqdaman. Uchrashuv natijasi esa jismoniy holat bilan bog'liq muammolar tufayli emas. 2-taymda juda qattiq harakat qildik. Oxirigacha kurashdik”, deydi Karlo Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, madridliklar ayni vaqt turnir jadvalida 38 ochko bilan peshqadam “Barselona” bilan bir xil natija qayd etib turibdi. Kataloniyaliklar o'z uchrashuvini bugun tunda Madridda “Atletiko”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bernabeu Digital