Anchelotti: "Ibragimovich shunchaki lazzatlanish uchun ham Liverpulga kelishi mumkin"
23 dek 2019 21:55
Yangiliklar


Anchelotti: "Ibragimovich shunchaki lazzatlanish uchun ham Liverpulga kelishi mumkin"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin vaqtlar ichida "Los-Anjeles Gelaksi"ni tark etadigan Zlatan Ibragimovichning ehtimoliy transferi borasida gapirdi.
"Zlatan - mening ajoyib do'stim. Qo'l ostimda ko'plab fantastik futbolchilar faoliyat olib borgan. U yaqin vaqtlarda Qo'shma SHtatlarni tark etishini bilaman, biroq uning rejalari borasida hech qanday tasavvurga ega emasman. Unga ko'ng'iroq qilib ko'rishim kerak. U futbol o'ynamasdan, hayotdan lazzat olish uchun ham Liverpulga kelishi mumkin", - dedi Anchelotti.
Ibragimovichga "Milan" ham davogarlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar