Anchelotti: "Gvardiolaning gaplariga qo'shilaman"
20 avg 2023 01:14
Yangiliklar


Anchelotti: "Gvardiolaning gaplariga qo'shilaman"
Mavsum startida "Manchester Siti" ustozi bir necha bor taqvimni tanqid qilgan edi. Avvaliga u quyidagi gaplarni aytgan: "Yildan-yilga hammasi yomonlashib bormoqda, bu nima bilan tugashini bilmayman. Futbolchilar qiynalishmoqda, ular mavsumoldi yig'indayoq jarohatlar olishmoqda". Keyin u qo'shib beriladigan vaqt haqida fikr bildirdi: "Biz endi 110 daqiqa o'ynayapmiz, Rojdestvogacha 38ta emas, 43ta uchrashuv o'tkazyapmiz". Yakunda u taqvimni og'ir jarohatlar bilan bog'ladi: "Agar Kurtua o'ynay olmasa, uning o'rniga boshqasi tusha oladiku, to'g'rimi? Militao yoki De Bryuynemi. SHou davom etishi kerak-ku".
"Gvardiolaning gaplariga qo'shilaman. Ular o'yinlar sonini oshirishmoqda, murabbiy va futbolchilar fikri hisobga olinmayapti.
Ular ko'proq pul topish uchun sifat o'rniga sonni talashyapti. Bundan futbolchilar azob chekishadi" - deydi "Real" ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar