Anchelotti: “Ajoyib o'yin, fantastik emociyalar”
07 fev 2021 07:40
Yangiliklar


Anchelotti: “Ajoyib o'yin, fantastik emociyalar”
Bellashuv davomida “Everton” futbolchilari 0:2 hisobida ortda borishlariga qaramay muvozanatni tiklashga erishishdi. Keyinchalik hakam qo'shib berilgan so'nggi soniyalarda 2:3 hisobida ortda borayotib, mag'lubiyatdan qutulib qolishning uddasidan chiqishdi.
“Ajoyib o'yin. Fantastik emociyalar... Nima deyishim mumkin? Biz ochko olishga loyiq edik. Ha, birinchi bo'limda u qadar ishonchli o'ynay olmadik. Ikkinchi bo'limda esa hujumkor o'yin ko'rsatdik, oldinga intildik. Oxir oqibat bir ochkoga ega chiqdik. Bu o'yinda g'alabaga erishgandek taassurot qoldirdi, ammo biz atigi bir ochko bilan cheklandik. Biz APLning eng kuchli jamoasidan biri bilan to'qnashdik. Biz ular bir xil saviyada emasmiz, ammo ko'plab jihatlar bo'yicha peshqadamlardan qolishmaymiz. Jamoam bilan faxrlanaman”, deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar