Anchelotti 1 million evro soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda
22 iyu 2020 19:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/576130_original.jpg)
![](/upload/storage/576130_220.jpg)
Anchelotti 1 million evro soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelottida yuridik muammolar paydo bo'ldi.
Ispaniya prokuraturasi 61 yoshli italiyalikni 1 million evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblamoqda.
Gap shundaki, murabbiy 2014-15 yillarda "Real"da ishlab yurgan paytlarida imij huquqlari asosida keladigan foydadan soliq to'lashi kerak bo'lgan.
Madrid prokuraturasi Anchelottini ushbu foydani hukumatdan yashirganlikda ayblamoqda.
Italiyalik murabbiy 2013-2015 yillar davomida "Real"ni boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa 2014 yili Ispaniya Kubogi, CHempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar o'rtasidagi JCH sovrinini qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar