So’nggi yangiliklar

20:4239 ёшли Модрич яна бир йил "Реал"да қолмоқчи  1 20:25Назорат ўйини. "Насаф" Грузия жамоасига 4та гол урди  7 20:16Ўртоқлик ўйини. "Сўғдиёна" Черногория жамоаси билан дуранг ўйнади  2 19:58"Бавария" "Челси" ярим ҳимоячисига қизиқиб қолган  0 19:31"Манчестер Юнайтед" Рэшфоддан кейин яна бир ҳужумчисини сотиб юбормоқчи  2 18:57"Арсенал" ёзда трансфер рекордини янгилашга тайёр  2 18:28Френки де Йонгга АПЛдан харидор чиқяпти  3 18:02"Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2025". 1-тур якунланди  0 17:43"Челси" ёзги трансфер ойнаси учун асосий мақсадларини аниқлаб олди  4 17:10"Реал" афсоналаридан бири футбол билан хайрлашди  7 16:53Расмий хабар: "Пахтакор" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  11 16:49Назорат учрашуви. "Сурхон" Россия клубини мағлуб этди  5 16:25Ўзбекистон ёшлари Хитой клубини мағлуб этди  7 15:59Ана бўлмасам! Кейн "Тоттенхэм"га қайтадими?!  3 15:30"Мен майдонда гапираман, бу ўзимни ҳимоя қила оладиган ягона жой"  3

Ana xolos! MYU Aleks Fergyusonga "Old Trafford"da o'yindan keyin kiyinish xonasiga kirishni taqiqlab qo'ydi Yangiliklar

Ana xolos! MYU Aleks Fergyusonga "Old Trafford"da o'yindan keyin kiyinish xonasiga kirishni taqiqlab qo'ydi

Ser Aleks Fergyuson endi o'yinlardan keyin MYUning kiyinish xonasiga kira olmaydi.

Avvalroq "Manchester Yunayted" harajatlarni qisqartirish maqsadida 82 yoshli Fergyusonga klub elchisi sifatida to'lab kelingan ish haqini endi bermasligi malum bo'lgandi. Sobiq murabbiy klubdagi bu lavozimda yiliga 2 million funt ishlab topgan.

"Daily Mail" nashrining yozishicha, klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy Fergyusondan "Old Trafford" stadionida kiyinish xonasiga kirmaslikni so'rashgan.

MYUdagilar Fergyusonga jamoa kiyinish xonasiga kirish taqiqlanganini rad etishmoqda, ammo klubda aytishlaricha, endi u erga kim kirishi va kimlar kirmasligi haqida yangilangan malumot mavjud. Avvallari Fergyuson o'yinlardan keyin jamoaning kiyinish xonasiga bemalol kira olardi, lekin buni muntazam ravishda amalga oshirmasdi.

Qayd etilishicha, jamoaning kiyinish xonasiga tashriflar o'n yillar davomida "Manchester Yunayted" madaniyatining bir qismi bo'lgan. Fergyuson va uning hamkasblari, futbol kengashi azolari Devid Gill va Mayk Edelson xuddi Ser Bobbi CHarlton va sobiq direktor Moris Uotkins kabi har doim sevimli mehmonlar bo'lib kelishgan.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика