Ana xolos! CHexiya terma jamoasi futbolchisi velosipeddan yiqilgani sabab Evropa chempionatini o'tkazib yuboradi
09 iyu 2024 17:48
Yangiliklar
Ana xolos! CHexiya terma jamoasi futbolchisi velosipeddan yiqilgani sabab Evropa chempionatini o'tkazib yuboradi
CHexiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mixail Sadilek Germaniyadagi Evropa chempionatini jarohati sabab o'tkazib yuboradi.
Bunga velosipeddan yiqilish natijasida olingan jarohati sabab bo'ldi. Bu haqda CHexiya futbol associaciyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Futbolchi CHexiya terma jamoasining turnirdagi yakuniy tarkibiga kiritilgandi.
"Tvente"da o'ynaydigan Sadilek milliy jamoada 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
13:10
O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bahslari Toshkentda o'tkaziladi 0
Fikrlar