Ana xolos! "Arsenal" futbolchisi Tirni dushda jarohat olgan
17 avg 2022 21:22
Yangiliklar
Ana xolos! "Arsenal" futbolchisi Tirni dushda jarohat olgan
"Arsenal" shifokori klub futbolchisi Kiran Tirni dushdan chiqqanidan keyin tizzasidan jarohat olganini aytdi.
"To'pchilar" chap qanot himoyachisini anchadan buyon turli jarohatlar qiynamoqda va uning so'nggi shikastlanishi g'ayrioddiy tarzda yuz bergan.
Qayd etilishicha, uning tizzasidagi muammolar o'tgan mavsum "Arsenal" mashg'uloti yakunlangach, dush qabul qilish vaqtida boshlangan, o'shanda u yuvinish mahali tizzasi bilan yiqilib tushgan. Biroq o'shanda buni jiddiy hisoblamagan.
Aprel oyida esa tizzasida og'riq seza boshlagan Tirni "kanonirlar"ning 10 ta o'yinini o'tkazib yubordi. Keyinchalik unga operaciya qilish lozimligi aytilgan va futbolchi yana bir qancha muddat futbol bilan xayrlashdi.
Hozirda Tirni safga qaytgan. Himoyachi "Lester"ga qarshi bahsning 77-daqiqasida Zinchenko o'rniga maydonga tushdi.
Fikrlar