Ana holos: Ronaldinyoning hisob raqamida qancha pul borligini bilasizmi?

Mirjalol Normatov
3 yanv 2019, 23:10
Braziliya sudi 2005 yilgi "Oltin to'p" sohibi Ronaldinyoni jazoladi.

Endi u ma'lum bir muddat mamlakatdan tashqariga chiqmaydi. "Sport.es" xabariga ko'ra, sobiq futbolchi 2015 yilda qilgan ekologik jinoyati uchun 2 million evro jarimani to'lamagan. O'shanda Ronaldinyo o'zi qurdirayotgan binolar ekologik talablarga zid ekanligini bilsa-da, qurilishni to'xtatmagan.

Braziliyalik amaldorlar ushbu jarimani futbolchining hisob raqamidan echib olmoqchi bo'lgandi. Biroq bunda futbolchining 6 evrosi bo'lgan, holos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es