Ana holos! O'zilning gaplari tufayli Xitoy telekanali "Arsenal" - "Manchester Siti" o'yinidan voz kechdi
15 dek 2019 15:43
Yangiliklar


Ana holos! O'zilning gaplari tufayli Xitoy telekanali "Arsenal" - "Manchester Siti" o'yinidan voz kechdi
Xitoyning "CCTV" telekanali APLning 17-turidan o'rin olgan "Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvini jonli efirda ko'rsatmaydigan bo'ldi.
"CCTV" davlat kompaniyasi Xitoydagi eng asosiy teleuzatuvchi hisoblanadi. APLning markaziy uchrashuvi vaqtida telekanal "Tottenxem" - "Vulverxempton" uchrashuvini ko'rsatadigan bo'ldi.
"Bloomberg" xabariga ko'ra, bunga asosiy sabab sifatida O'zil tvitterda O'zil Xitoydagi uyg'urlarga qilinayotgan zulmga qarshi post yozgandi.
Mesut O'zil Xitoydagi Uyg'urlar haqida:
«Quron yoqilmoqda… Masjidlar yopilmoqda… Musulmon maktablari taqiqlanmoqda… Din ulamolari ketma-ket o'ldirilmoqda… Aka-ukalarimiz zo'rlik bilan lagerlarga yuborilmoqda. Musulmonlar jim. Ularning ovozi eshitilmayapti”
O’xshash yangiliklar

Fikrlar