Amirjan Mukanov: "O'zbekistonoga qarshi o'yin yaxshi tayyorgarlik va tajriba vazifasini o'tab berdi"
29 mar 2022 16:50
Yangiliklar
Amirjan Mukanov: "O'zbekistonoga qarshi o'yin yaxshi tayyorgarlik va tajriba vazifasini o'tab berdi"
Qirg'iz Respublikasi futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Amirjan Mukanov O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yini biz uchun rasmiy o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik va tajriba olish vazifasini bajardi. Raqibimiz bizga ko'plab muammolar tug'dira oldi. Juda tez harakat qilishdi.
Hali jismoniy jihatdan tayyor emasligimiz ko'rindi. Ilk daqiqalardan xatolarga yo'l qo'ydik. O'yinchilarimga beradigan savollarim ko'p ekanligi sezildi", - deydi Amirjan Mukanov.
O’xshash yangiliklar
12:04
U-20 Osiyo kubogi. O'zbekistonga avvalgi musobaqalarda guruhda qaysi terma jamoalar raqib bo'lgan? 2
Fikrlar