So’nggi yangiliklar

11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  0 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   6 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  11 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  6 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  12 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  5 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  3 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  14 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  5 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  2

Amir Galenoi: "Paxtakor"ni ikki o'yinda mag'lub etsak guruhdan chiqamiz" Yangiliklar

Amir Galenoi: "Paxtakor"ni ikki o'yinda mag'lub etsak guruhdan chiqamiz"

"Paxtakor" - "Traktorsozi" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Amir Galenoi qatnashdi.
Unga darvozabon Muhammad Rizo Akbari hamrohlik qildi.

"Toshkentga 3 yoki 4-marta tashrif buyurdim. Bu erda do'stlarim juda ko'p. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayani juda yaxshi taniyman. “Paxtakor" juda kuchli jamoa. Raqib oliy ligada mavsumni 2ta g'alaba bilan boshladi. Uchrashuv shiddatli kechishi aniq. Ertaga tezkorlik evaziga g'alaba qozonishni istaymiz”, - deydi Galenoi.

“Osiyo chempionlar ligasini 2ta g'alaba bilan boshladik. Ertangi o'yindagi g'alaba bizga keyingi bosqichga chiqishda katta yordam berishi mumkin”, - deydi Muhammad Rizo Akbari.



- Raqib maydonida o'ynaysizlar. Bu sizlarga qanchalik tasir qiladi?

- Har bir o'yinda gol urish uchun imkoniyat bo'ladi. “Al Jazira”ga qarshi safardagi o'yinda bosim yaratib gol urishga erishdik. “Paxtakor”ga qarshi ikki o'yinda g'alaba qozonsak guruhdan chiqish vazifasini bajaramiz.

- Eron klublari so'nggi yillarda xalqaro maydonda katta natijalarga erisha olishmayapti. So'nggi bor “Sepaxon” 2007 yil OCHL finaliga chiqqandi. Sizlarda bu musobaqada oldingizga vazifa qo'yilmaydimi yoki jamoalarning kuchi bundan ortig'iga etimaydimi?
- Juda yaxshi savol bo'ldi. Buning sababi taqvimdan bo'lishi mumkin. OCHL taqvimi g'arb mintaqasiga noqulay tuzilgan. CHorak finalga chiqsak kuzda Eronda chempionat yakunlangan bo'ladi. Bu sharqiy mintaqadagi klublarga qulayroq.



- Jamoada 4 nafar legioner bor. Ammo dastlabki 2 turda faqat Augusto to'liq o'ynadi. Qolgan legionerlar faqat zaxiradan tushishdi.
- Qolgan legionerlarni Eron chempionatida o'ynatayapmiz. OCHLda esa Augustoga ishonch bildirdik. U maydonga tushganida 2ta g'alabaga erishdik, demak biz to'g'ri tarkib tanlaganmiz. Ertaga Karlos Kardoso maydonga tushishga tayyor. Aksincha Augusto endigina jamoaga qo'shildi. SHu bois ertaga tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

- “Paxtakor”ning qaysi futbolchisidan ko'proq xavf kutayapsiz?
Muhammad Rizo Akbari:
- Raqibni juda yaxshi o'rganib chiqdik. Jamoaning hujum chizig'idagi futbolchilar juda kuchli ekanini bilamiz. Ertaga himoyachilar bilan birga ularga gol urish imkoniyatini bermaymiz deb umid qilaman.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика