So’nggi yangiliklar

00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  0 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  19 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  18 22:52Миржалол Қосимов: "Яратганга шукр, бизни ҳаракатимизга яраша мукофотлади"  9 22:50"Реал Вальядолид" — "Барселона". Ансу Фати асосий таркибда  64 22:46А Серия. "Наполи" меҳмонда ғалабага эришди, "Интер" "Верона" билан куч синашади  1 22:41Александр Хомяков: "Ҳафсалам пир бўлди"  46 22:38ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Араз" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев биринчи бўлимнинг ўзида захирада майдонга тушди ва сариқ карточка олди  0 22:34Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Страсбур"га мағлуб бўлди  5 22:23Асрор Алиқулов: "Бухоро" ўз услубини ўзгартиргани йўқ. Биз эса қийин ғалабага эришдик"  7 22:15"Сурхон" ўз уйида 22 йиллик танаффусдан сўнг "Пахтакор"ни мағлуб этди  95 21:59"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди  0 21:39Олмалиқда ҳақиқий драма! Хуршид Ғиёсовнинг бенифисига айланган учрашувда ОКМК "Андижон" билан 1:3 ни 4:3 га айлантирди!  185

Eron – O'zbekiston. Amir G'alenoi va Alirizo Jahonbaxsh ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani Yangiliklar

Eron – O'zbekiston. Amir G'alenoi va Alirizo Jahonbaxsh ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani

JCH-2026 saralashi doirasidagi Eron - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Amir G'alenoi va futbolchi Alirizo Jahonbaxsh qatnashdi.

"Birinchi navbatda, O'zbekiston terma jamoasiga Tehronga xush kelibsiz deyman. Shu o'rinda, O'zbekiston tibbiy shtabiga minnatdorlik bildirmoqchiman, chunki Toshkentga safarimiz chog'ida ular bizga ancha yordam berishdi. 

O'zbekiston terma jamoasi haqida to'xtalsak, so'nggi 10 yil davomida, ayniqsa, yoshlar miqyosida o'sishga erishdi. O'zbekistonda yuqori darajali futbolchilar etishib chiqdi. Eron chempionatida ham bir qator futbolchilari to'p tepmoqda. 

Futbolchilarimiz ertangi uchrashuvga tayyor. O'zbekiston terma jamoasi 3-4-3 taktikasida harakat qiladi va bizni asosan qarshi hujumda jazolashga urinsa kerak. Ertaga yaxshi natija ko'rsatish uchun maydonga tushamiz. O'zbekiston bilan oldingi uchrashuv statistikasi ham biz yaxshi harakat qilganimizni ko'rsatib turibdi. Umid qilamanki, ertangi uchrashuvga ko'plam muxlislar keladi.

Biz kuchli terma jamoaga qarshi o'ynaymiz, shu sababli chiroyli o'yin bo'lishini kutyapmiz.

JCH yo'llanmasi hali rasman hal etilgani yo'q. Bizni O'zbekiston bilan o'yindan tashqari yana ikkita o'yin kutib turibdi. Har bir uchrashuvda katta ishtiyoq bilan maydonga tushamiz. Futbolchilar har tomonlama bahsga tayyor.

Tarkibimizda jahon darajasidagi o'yinchilar yig'ilgan va bo'shashmaslik muhimligini yaxshi bilishadi. Shu sababli ehtiyotkor harakat qilamiz. 

Uchrashuvlar statistikasi va tarix jihatdan milliy terma jamoa uchun har bir o'yin juda ham muhim. Shu bois futbolchilarimizni xohlaganimizcha almashtira olmaymiz. Terma jamoani yoshartirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Bazi futbolchilarni shunchaki tarkibdan chiqarib tashlolmaymiz, chunki ularni o'rnini bosadigan futbolchilarga ega emasmiz. 

Taremi haqida to'xtalsak, futbolchi uchun sog'liq juda muhim. Uning ertangi o'yinda qatnashish-qatnashmasligi bo'yicha qarorni bugun kechqurun qabul qilamiz. 

Albatta Eron terma jamoasi FIFA reytingida 16-o'rinda va o'z tarixidagi eng yaxshi natijani ko'rsatib turibdi. Bularning barchasi so'nggi 2 yillik mehnatimiz samarasidir. Qiyinchiliklarga qaramay, ijobiy natijalarga erishib kelyapmiz, masalan, Osiyo Kubogida Yaponiyani mag'lub etdik. Hozirda o'z oldimizga bundan-da yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. JCH final bosqichida ham yaxshi natijalar uchun intilamiz. O'z o'rnida, Eron futbol federaciyasi biz uchun zarur sharoitlarni yaratib berishiga umid qilaman", – dedi G'alenoi.

"Navro'z bayrami bilan Eron xalqini tabriklamoqchiman. Biz JCH saralashi boshlanishidan oldin ushbu bosqich qiyin o'tishini bilardik. Shuning uchun maydonda va uning tashqarisida hamjihat bo'lib kelmoqdamiz. Biz mundial Eron xalqi uchun qanchalik muhim ekanligini bilamiz. Bosh murabbiy aytgan barcha fikrlarga qo'shilaman. Eron milliy terma jamoasining har bir natijasi muxlislar uchun muhim. O'zbekiston ham so'nggi vaqtlarda Osiyoning eng oldi terma jamoalaridan biri ekanligini namoyon etmoqa. Ertaga bizga qiyin bo'ladi, biroq astoydil tayyorgarlik olib bordik. Navro'z sovg'asi sifatida muxlislarga g'alabani tortiq etmoqchimiz.

Eron terma jamoasi bu faqat terma futbolchilari degan manoni anglatmaydi. Terma jamoaning har bir xodimi qo'lidan kelganicha faoliyat yuritadi. O'zim 12 yildan buyon milliy jamoadaman. Shu sababli men va boshqa tajribali futbolchilar yoshlar tezroq kirishib ketishi uchun ularga ko'mak berib kelyapmiz. Shu jumladan, bosh murabbiyimiz ham, termada yaxshi atmosfera hosil qilishda muhim rolni o'ynamoqda.", – dedi Jahonbaxsh.

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston bellashuvi ertaga "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 21:00 ga belgilangan.

Reyting: +9   

Fikrlar

+5   
24 mar 17:52:48
Шерзод Мухаммадиев
Албатта техронда осон булмайди , лк жч чикмокчи булган жамоа муносиб бб шарт, Кападзе илтимос куркмасдан тактика килиши шарт хужимкор уйин кутмайман лк мазмунли муносиб уйин кутаман, 1:2 еки 0:2 Тилагим Оллох куласин ,Бизга Омад йигитлар
+4   
24 mar 16:42:18
Sherzodjon Abdullayev
Эрон термасига хурматим баланд лекин эртага галаба бизларга купрок керак иложи борича Остон тушиши ва яхши уйин курсатиши кере шунингдек Хусанов бутун химояни ушлаб бериши керак
+3   
24 mar 17:31:03
Live
Олдинги йиллар хиди келяпти яна
+3   
24 mar 17:17:23
Haqiqat-2
DavrON€ foydalanuvchining fikriga javob berish
Эрон билан ўйин мухим, лекин Баага қарши ўйин мухимроқ. Шунинг учун Сариқ карточкаси бор ўйинчиларни асраб фақат дурранг учун ўйнуриш кере. Дурранг ўйнолсак, БАА билан камида дурранг бизни ЖЧга олиб чиқади.
Кетма-кет 2 та дуранг уйнаб, узимизда Катарга ютказсак ЖЧга тугри чиколмаймиз! Катар масалани хал килган Эронни ютса керак
+2   
24 mar 19:38:13
Икром Толипов
Факат ютук .куркмасдан уйнанглар узбек йигитлари
+2   
24 mar 17:25:35
mirzabekkkkkkkkkkkkkkm
DavrON€ foydalanuvchining fikriga javob berish
Эрон билан ўйин мухим, лекин Баага қарши ўйин мухимроқ. Шунинг учун Сариқ карточкаси бор ўйинчиларни асраб фақат дурранг учун ўйнуриш кере. Дурранг ўйнолсак, БАА билан камида дурранг бизни ЖЧга олиб чиқади.
Agar Eronni yutib qo'ysak Bizga BAA bilan o'yin muhim emas qisqasi endi buyog'iga yutqazmasak biz Jch damiz
+2   
24 mar 16:35:02
Azizjon Turgunov
bu safar yutqizbersalarin xich narsa qimidi 99% chiqbo'ldilarin
+1   
24 mar 22:28:10
Obidjon Avezov
mirzabekkkkkkkkkkkkkkm foydalanuvchining fikriga javob berish
Miya bormi Eronni yutsak 19 ochko bo'ladi bizda 6 ochkolik farq qoladi keyingi 2 ta o'yinda 7 8 da gol o'tkazib yutqazmasak kerak miyani sal ishlat keyin ularni Eron bilan o'yini xam bor
Miyang bor ekan qoyil, lekin muomaladan dars olishing zarur, BAA ni Eron bilan o'yini yo'q faqat autsayderlar va uzb bilan o'ynaydi, agar o'z uyida o'ynashini hisobga olsak yutish ehtimoli katta, endi ishlaydigan Miyang bilan bir hisoblab ko'r biz oxirgi 2ta o'yinni yutqazsak 19 ochko bo'ladi, BAA Koreya qirg'iz va uzbni yutsa 19 ochko bo'ladi va tiplar nisbati yaxshiroq, man fikrimni yozgandim sani behurmat qilmadim sal muomala qilish kerak
+1   
24 mar 22:24:16
. ::Abu Rayyon::.
uzbek futboli jinnisi foydalanuvchining fikriga javob berish
O'rtog'imni kallasiga qo'rqasanlarmi biz angilya ispaniya brazilyaga qarshi tushayotganimiz yo'q eron bilan darajamiz bir, eronam jaa unchalik vohima emas jchda angilya eronni ko'tini ayirib tashlagandi bizni darajamiz jaa unchalik past emas top 5 chempionatda o'ynaydigan futbolchilarimiz bor qisqasi 50/50 qolgani Alloxdan
50/50 qolgani Allohdan emas, avvalo barchasi Allohdan, a imkoniyatlar darjasi 50/50 deb aytsangiz togriroq bo'ladi
+1   
24 mar 19:26:58
uzbek futboli jinnisi
O'rtog'imni kallasiga qo'rqasanlarmi biz angilya ispaniya brazilyaga qarshi tushayotganimiz yo'q eron bilan darajamiz bir, eronam jaa unchalik vohima emas jchda angilya eronni ko'tini ayirib tashlagandi bizni darajamiz jaa unchalik past emas top 5 chempionatda o'ynaydigan futbolchilarimiz bor qisqasi 50/50 qolgani Alloxdan
+1   
24 mar 19:00:24
Berdiyor Ulugbekovich
Sayoxatchi Abu aytganidek Eron ajoyib xalqi uchun deyarli barcha sharoitlarni qilgan davlat, Terma jamoasi ham juda kuchli, lekin bu safar aniq Uzbekiston yutib ketadi futbolda
+1   
24 mar 18:51:42
Obidjon Avezov
mirzabekkkkkkkkkkkkkkm foydalanuvchining fikriga javob berish
Agar Eronni yutib qo'ysak Bizga BAA bilan o'yin muhim emas qisqasi endi buyog'iga yutqazmasak biz Jch damiz
Eronni yutib ham chiqolmasligimiz mumkin, undan ko'ra Eronga yutqazib BAA va Qatar bilan durang o'ynaganimiz ma'qulroq, bu o'yinlar hal qiluvchi bo'ladi
+1   
24 mar 18:45:44
uzbek futboli jinnisi
Azizjon Turgunov foydalanuvchining fikriga javob berish
bu safar yutqizbersalarin xich narsa qimidi 99% chiqbo'ldilarin
Eron yutqazib bersinmi? Bizga n...y kerak bunaqa soxta yullanmani
Eronni o'z kuchimiz bilan yutsak bulmaydimi
+1   
24 mar 16:47:45
DavrON€
Эрон билан ўйин мухим, лекин Баага қарши ўйин мухимроқ. Шунинг учун Сариқ карточкаси бор ўйинчиларни асраб фақат дурранг учун ўйнуриш кере. Дурранг ўйнолсак, БАА билан камида дурранг бизни ЖЧга олиб чиқади.
+1   
24 mar 16:39:23
Sahoyat Reise
Мураббий фикрларидан дурангни "хиди" келаётгандек. Ёки менга шундай туюлдимикан?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика