Amir G'alenoi: "Biz dastlabki ikki uchrashuvda gol o'tkazib yubormagan yagona jamoamiz. Eron – dunyodagi eng yaxshi mamlakat"
09 okt 13:21
Yangiliklar
Amir G'alenoi: "Biz dastlabki ikki uchrashuvda gol o'tkazib yubormagan yagona jamoamiz. Eron – dunyodagi eng yaxshi mamlakat"
Murabbiyga futbolchi Serdar Azmun hamrohlik qildi.
"Birinchi navbatda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanecga salomatlik tilayman. Yana bir bor O'zbekistonga tashrif buyurganimdan juda mamnunman. Ertangi uchrashuv ikki jamoa uchun ham juda qiyin bo'lishi aniq. O'zbekiston ham, biz ham dastlabki ikki uchrashuvda yuz foizlik natija qayd etdik. Ertangi uchrashuvdagi ochkolar juda muhim bo'ladi. O'zbekiston juda yaxshi shakllangan jamoa, ammo biz ham etarlicha tayyorgarlik ko'rganmiz va hozir yaxshi sport holatidamiz. Ertangi uchrashuvda barcha imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz kerak, avvalgi uchrashuvlarda ko'pgina imkoniyatlarga ega bo'lgandik, lekin ularni golga aylantira olmagandik. O'zbekiston esa bunchalik ko'p imkoniyatlar yaratishga imkoniyat bermasligi aniq. Ertangi uchrashuvda bor imkoniyatlarimizdan foydalanamiz", – dedi Amir G'alenoi.
- 15 oktyabr kuniga mo'ljallangan Qatarga qarshi ucharshuvning qaerda o'tkazilishi siz uchun eng qulay variant bo'lar edi?
- Hozir faqat O'zbekiston haqida o'ylamoqdamiz. Bu savolga keyinroq to'xtalib o'tamiz. SHuningdek, Eron dunyodagi eng yaxshi va eng tinch mamlakatlardan biri ekanligini takidlab o'tmoqchiman. O'tgan hafta biz OCHL Elit va OCHL-2 musobaqalarining bir nechta uchrashuvlarini o'z mamlakatimizda o'tkazdik. Kecha biz Tehrondan Toshkentga etib keldik va hech qanday muammo bo'lmadi. Bu masala ko'proq OFK va FIFA tomonidan hal etilishi mumkin.
- O'zbekiston terma jamoasi safida Eldor SHomurodovdek tezkor hujumchi bor. Eron terma jamoasi himoya chizig'ida esa muammolar etarlicha. Rizoyan Osiyo Kubogidan keyin terma jamoaga chaqirilmayapti. Bu yig'inga Kononiy chaqirilmadi, yagona tajribali himoyachi SHoja Holilzoda esa juda sekin. U Osiyo Kubogidagi Qatarga qarshi uchrashuvda qatarlik hujumchiga eta olmagani sababli qoida buzgani va shu sababli qizil kartochka olganini barcha ko'rgandi. Terma jamoaga chaqirilayotgan yosh himoyachilar Hazbavi va Yusufiyga ko'proq tajriba kerak. Eron himoya chizig'i sizni tashvishga solmayaptimi? Eldor SHomurodovdek tezkor futbolchi jamoangizga qanchalik muammo tug'dirishi mumkin?
- Albatta, O'zbekiston terma jamoasining hujumch chizig'i ancha kuchli futbolchilar bilan to'la, biroq Eron terma jamoasi shu saralash bosqichida gol o'tkazib yubormagan yagona jamoa ekanligini unutmang. Biz dastlabki ikki uchrashuvda o'z darvozamizdan birorta gol o'tkazib yubormadik. Iyun oyidagi o'zaro uchrashuvda ham darvozamiz daxlsizligini saqlab qolgandik. Srechko Katanec o'sha uchrashuvdan so'ng "Biz ikkinchi bo'limda juda yaxshi o'yin namoyish etdik", deb aytib o'tgandi. O'zbekistonga qarshi so'nggi uchrashuvdan oldin biz Gonkongga safar qilgandik va uzoq safardan tiklanib olish uchun vaqt talab etilgandi. Biz ertangi uchrashuvga tayyormiz va o'z uyimizga uch ochko bilan qaytishni niyat qilganmiz.
Men 50 yildan beri futboldaman. SHuncha yillik tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, biz har doim eng yaxshi o'yinimizni va muxlislarni xursand qilishga harakat qilishimiz kerak. Bunday ortiqcha gaplarga etibor bermaymiz.
- Eron CAFA Kubogi finalida O'zbekistonni mag'lub etgandi. O'zbekiston terma jamoasini Toshkentda mag'lub etish qanday bo'lgandi?
- Biz CAFA musobaqasidagi ishtirokimizdan xursandmiz. O'zbekiston terma jamoasini o'z muxlislari oldida mag'lub eta olgandik. O'sha uchrashuvda ham biz darvozamiz daxlsizligini saqlab qolgandik.
"Ertangi o'yin qanchalik qiyin ekanligini bilamiz. Uch ochko juda katta ahamiyatga ega va biz O'zbekistonga qarshi qanday o'ynashni bilamiz. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz", – deya aytib o'tdi Serdar Azmun.
- Serdar Azmunga savol. O'zbekiston va Eron o'rtasidagi uchrashuvlar har doim juda tomoshabop bo'lib kelgan. Ertangi o'yin oldidan ham O'zbekiston futbolchilari Eron terma jamoasi haqida iliq fikrlar bildirishdi...
- Ikki jamoa o'rtasidagi suhbatlarni yoqtiraman. Biz har doim raqibni hurmat qilamiz. Bizning madaniyatimiz shunday, lekin O'zbekiston terma jamoasi so'nggi marotaba bizga jiddiy muammo tug'dirganiga 12 yil vaqt bo'ldi. Biz ertaga uch ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.
Fikrlar
Ertaga Eronga yutqizsak ham Katanesni plyus tomonlari ko‘p bo‘ladi. Bugun ham ertaga ham shunday bo‘ladi. Biz uchun Katanes haqiqat, qogani fantaziya, homhayol.