Amerika Kubogi finali va 3-o'rin uchun uchrashuvini boshqaradigan hakamlar nomi ma'lum
Aslanov Jasurbek
2 iyul 2015, 17:12
Amerika Kubogi-2015 final va uchinchi o'rin uchun uchrashuvni boshqaradigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.
Chili va Argentina o'rtasidagi bahs Vilmar Roldan boshchiligidagi kolumbiyalik hakamlar brigadasiga topshirildi. Peru va Paragvay o'rtasidagi uchinchi o'rin uchun o'yinni boliviyalik Raul Orosko boshqaradi.