"Amazon" Levandovski haqida film suratga oladi
27 iyu 2021 00:19
Yangiliklar
"Amazon" Levandovski haqida film suratga oladi
"Bavariya" va Polsha termasi forvardi Robert Levandovski haqida hujjatli film suratga olinadi.
Futbolchi o'zining hayoti haqidagi filmni suratga olish borasida "Amazon Prime" bilan shartnoma imzoladi. Premera 2022 yili bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsumda "umrboqiy" deya hisoblangan Gerd Myullerning Bundesliga bir mavsumida gol urish borasidagi rekordini yangiladi. U 41 gol urdi.
Fikrlar