Amad Diallo MYUga g'alaba keltirgan o'zi ishtirokidagi ikkita vaziyat bo'yicha fikr bildirdi
16 dek 15:37
Yangiliklar
Amad Diallo MYUga g'alaba keltirgan o'zi ishtirokidagi ikkita vaziyat bo'yicha fikr bildirdi
"Penalti ishlaganimdan mamnunman. Darvozaga zarba bermoqchi bo'ldim, lekin keyin menga qarab uchayotgan himoyachini ko'rib, biroz aqlliroq o'ynashga qaror qildim. U oyog'imga zarba berdi, shuning uchun bu penalti edi.
Ikkinchi golga kelsak, biz bilamizki, Licha uzun pas bilan to'pni sizga etkazib bera oladigan o'yinchidir. Boshida to'p juda tez uchayotgani uchun bu pasni to'xtatishimga ishonmagandim, lekin oxirida uni o'zimga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldim va ikkinchi teginishim bilan gol urdim.
Albatta, men "Old Trafford"da muxlislarimiz qurshovida bunday golni nishonlashni istardim, lekin ular oldidagi boshqa gollar kabi buni nishonlashim kerak edi (kuladi). Buni "shaharliklar" muxlislariga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilmang, men kamtar odamman, shunchaki golni nishonlashim kerak edi".
"Siti"ni mag'lub etganimiz va gol urganimdan xursandman. Bugun lahzadan zavq olishimiz mumkin, ammo ertadan bor etiborimizni keyingi o'yinga qaratishimiz kerak", – dedi Amad.
Fikrlar