Alvesning agenti: "Barselona" Daniga yangi shartnoma taklif qilgani yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
20 fev 2015, 21:15
Daniel Alvesning agenti "Barselona" braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaganini aytib o'tdi.
"Barselona" Daniga yangi shartnoma taklif qilgani yo'q. Bunday munosabatdan hayratdamiz. Alves - asosiy tarkib futbolchisi. U deyarli har bir o'yinda maydonga tushadi. Endi boshqa klublar takliflarini ko'rib chiqishimizga to'g'ri keladi. Dani yana 5-6 yil yuqori saviyada futbol o'ynay oladi. U haqiqiy professional", - deydi agent.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru