Alves "Barselona"ni tark etishi borasidagi xabardan so'ng, "Instagram"ga g'alati surat yukladi

Aslanov Jasurbek
10 apr 2015, 10:41
"Barselona" himoyachisi Dani Alves mavsum oxirida Kataloniya klubini tark etishi ma'lum bo'lganidan so'ng, "Instagram"ga g'alati surat yukladi.

Suratda Alves ko'rsatkich barmog'ini labiga tekkizib, xuddi jim bo'lishni talab qilayotgandek taasurot uyg'otgan va bu rasmga quyidagi so'zlarni yozgan: 

"Hayot - katta o'yin, men esa kichik aktyor".

Oldinroq Alves "Barselona"ni tark etayotganidan xafa ekanligini ma'lum qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com